SalamAir (, Ṭayarān as-salām) — Ummonning lou-koster aviakompaniyasi. Bosh ofisi Maskat xalqaro aeroportida joylashgan.

Tarixi SalamAir 2016-yil yanvar oyida davlat tenderida gʻolib chiqqan Muscat National Development & Infrastructure Company (ASAAS) kompaniyasiga tegishli boʻlgan. 2014-yilda tashkil etilgan ASAAS Ummon investitsiyalar boshqarmasi, Maskat munitsipaliteti va turli pensiya jamgʻarmalari oʻrtasidagi hamkorlik asosida tuzilgan. Ummonning Fuqarolik aviatsiyasi davlat boshqarmasi (PACA) 2015-yilda mamlakatda arzon narxlarda xizmat koʻrsatuvchi tijoriy aviakompaniya operatorini tanlash uchun tender eʼlon qilgan.

Aviakompaniya Janubiy Amerikaning LATAM guruhidan ijaraga olingan uchta Airbus A320-200 samolyotidan foydalangan. Kompaniyaning birinchi samolyoti mamlakat Milliy kuni bilan bir vaqtda, 2016-yil 18-noyabrda Maskatga yetib kelgan. Aviakompaniya 2017-yil 30-yanvardan boshlab Ummonning Maskat va Salola shaharlari oʻrtasida parvozlarni boshlagan. 2017-yil 28-fevralda esa SalamAir oʻzining ilk xalqaro yoʻnalishi — Maskat–Dubay yoʻnalishida parvozni amalga oshirgan. Dastlab aviakompaniya Dubay Jahon markaziyga xizmat koʻrsatgan, biroq 2017-yil oktabr oyida parvozlar Dubay xalqaro aeroportiga koʻchirilgan. Faoliyatini boshlaganidan buyon SalamAir yoʻnalishlar tarmogʻini jadal kengaytirib kelmoqda va hozirda Yaqin Sharq, Osiyo hamda Yevropadagi 32 dan ortiq manzilga parvozlarni amalga oshiradi.

2026-yil 26-martda Ummon hukumati aviatsiya sohasini, mamlakatning milliy aviakompaniyasi Oman Air bilan birgalikda, yanada integratsiyalashgan tarzda rivojlantirish maqsadida SalamAir kompaniyasining 90 foizlik ulushini sotib oldiSalamAir snapped up by Omani government Airliner World June 2026 page 13.

Korporativ faoliyati 2026-yil oktabr holatiga koʻra, bosh direktor lavozimini Yoqub Al-Kiyumi egallab turibdi . Ushbu lavozimni 2024-yil iyun oyidan boshlab Adrian Hamilton-Manns egallagan, undan avval esa bu lavozimda kapitan Muhammad Ahmad faoliyat yuritgan.

Parvoz yoʻnalishlari 2026-yil iyul holatiga koʻra, SalamAir quyidagi yoʻnalishlarga parvozlarni amalga oshiradi:

MamlakatShaharAeroportEslatmalarManbalarAlbaniyaTiranaTirana xalqaro aeroporti Nënë Tereza AvstriyaVenaVena xalqaro aeroporti BangladeshDakkaHazrati Shohjalol xalqaro aeroporti ChittagongShoh Omonat xalqaro aeroporti Birlashgan Arab AmirliklariDubayDubay xalqaro aeroporti EronTehronImom Xumayniy nomidagi Tehron xalqaro aeroporti SherozSheroz xalqaro aeroporti GermaniyaMyunxenMyunxen aeroportiToʻxtatilganHindistonBangalorKempegovda xalqaro aeroporti DehliIndira Gandi xalqaro aeroportiToʻxtatilganHaydarobodRajiv Gandi xalqaro aeroporti JaypurJaypur xalqaro aeroporti KojikodeKalikut xalqaro aeroporti LakhnauChaudhary Charan Singh xalqaro aeroporti MumbayChhatrapati Shivaji Maharoja xalqaro aeroporti ChennayChennay xalqaro aeroportiToʻxtatilganIndoneziyaMedanKualanamu xalqaro aeroporti IroqBagʻdodBagʻdod xalqaro aeroporti NajafAl Najaf xalqaro aeroporti KeniyaNayrobiJomo Kenyatta xalqaro aeroporti KuvaytAl-QuvaytKuvayt xalqaro aeroportiToʻxtatilganLivanBayrutBayrut–Rafiq Haririy xalqaro aeroporti MisrGizaSfinks xalqaro aeroporti OzarbayjonBokuHaydar Aliyev xalqaro aeroportiMavsumiyPokistonIslomobodIslomobod xalqaro aeroporti KarachiJinna xalqaro aeroporti LohurAlloma Iqbol xalqaro aeroporti MoʻltonMoʻlton xalqaro aeroporti PeshovarBachaxon xalqaro aeroporti SialkotSialkot xalqaro aeroporti QatarDohaHamad xalqaro aeroporti QozogʻistonOlmaotaOlmaota xalqaro aeroporti RuandaKigaliKigali xalqaro aeroporti Saudiya ArabistoniAbxaAbxa xalqaro aeroporti Ar-RiyodPodshoh Xolid xalqaro aeroporti DammomPodshoh Fahd xalqaro aeroporti JiddaQirol Abdulaziz xalqaro aeroporti MadinaShahzoda Muhammad bin Abdulaziz xalqaro aeroporti SomaliMogadishoAden Adde xalqaro aeroporti SuriyaDamashqDamashq xalqaro aeroporti TailandBangkokSuvarnabhumi PhuketPhuket xalqaro aeroporti TurkiyaIstanbulIstanbul Sabiha Goʻkchen xalqaro aeroporti TrabzonTrabzon aeroportiMavsumiyUmmonDuqmDuqm aeroporti MuhayznaMuhayzna aeroporti MaskatMaskat xalqaro aeroportiAviahabSalolaSalola xalqaro aeroporti SuhorSuhor aeroporti Shri‑LankaKolomboBandaranaike xalqaro aeroporti

Kodshering shartnomalari SalamAir quyidagi aviakompaniyalar bilan kodshering shartnomalari imzolagan: Oman Air

Aviaparki Joriy holati

2025-yil avgust holatiga koʻra, SalamAir aviaparki quyidagilardan tashkil topgan:

Samolyot turiMiqdoriBuyurtma qilinganiYoʻlovchi oʻrindiqlari soniEslatmalarAirbus A320neo610180Airbus A321neo9—230Embraer E195-E2—6135Buyurtma kechiktirilgan.SalamAir Kargo aviaparkiAirbus A321-200P2F1—KargoNofaol.Jami1616

Manbalar

Havolalar

Turkum:Ummon aviakompaniyalari Turkum:Lou-kosterlar Turkum:Maskat