Laylat al-Jaiza (, „mukofot kechasi“) – Ramazon hayiti bayrami arafasidagi kecha. Ramazon oyi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ushbu oyda tutilgan ro‘zalar hamda qilingan barcha ezgu amallar uchun ajr-mukofot olinadigan fursat hisoblanadi. Musulmonlar uchun bu kecha barakali va muborak sanaladi. Musulmonlar e’tiqodiga ko‘ra, bu kechada osmon eshiklari ochiladi va Allohning rahmati mo‘l-ko‘l bo‘ladi. Shu sababli, musulmonlar qo‘shimcha (nafl) namozlar o‘qish, Qur’on tilovat qilish, mag‘firat so‘rash hamda xayr-baraka va rahmat so‘rab duolar qilish kabi turli ibodatlar bilan mashg‘ul bo‘ladilar.
Musulmonlar e’tiqodga ko‘ra, Laylat al-Jaiza duolar va ibodatlar rad etilmaydigan besh kechadan biri. Shu bois musulmonlar Ramazon oyidagi sa’y-harakatlari uchun ajr-mukofotga erishish umidida ushbu kechani ibodat bilan o‘tkazishga harakat qiladilar. Ushbu kechadan unumli foydalanish uchun uni ezgu amallar bajarish va Allohga duo qilish bilan o‘tkazish tavsiya etiladi.
Islom dini paygʻambari Muhammad ushbu kechani duo va ibodatlar bilan o‘tkazib, musulmonlarga o‘rnak bo‘lgan. Nafl namozini o‘qigan, Qur’on tilovat qilgan va istig‘for aytgan. Shuningdek, tunning oxirgi qismida o‘qilishi tavsiya etiladigan ixtiyoriy namoz – tahajjudni ham ado etgan.
Laylat al-Jaiza muhim kecha bo‘lib, musulmonlar uchun Ramazon oyidagi sa’y-harakatlari evaziga Allohdan ajr hamda baraka olish imkoniyatidir. Bu kecha fikr yuritish, o‘zini isloh qilish va mag‘firat so‘rash fursati bo‘lib, musulmonlar undan ibodat va duolar orqali unumli foydalanishga intiladilar .
Imom Sodiqning fikricha, ro‘zador kishiga mag‘firat va najot Qadr kechasida emas, aynan ushbu kechada nozil bo‘ladi.
Islom dini paygʻambari Muhammad so‘zlariga ko‘ra, Sunan Ibn Majada keltirilgan hadisda shunday deyiladi:
Havolalar
Manbalar
Turkum:Islom atamalari Turkum:Ramazon Turkum:Hayit