Mavlono Xolid Shahrazuriy shuningdek Xolid Bagʻdodiy va Mavlono Xolid (; 1779–1827) kurd soʻfisiSadık Albayrak, Meşrutiyetten Cumhuriyete Meşihat Şeriat Tarikat Kavgası, Mizan Yayınevi, 1994, p. 323. . va Shayx Ziyovuddin Xolid ash-Shahrazuriy nomi bilan tanilgan shoiri ediGammer, Moshe. Muslim Resistance to the Tsar: Shamil and the Conquest of Chechnia and Daghestan. Portland, OR: Frank Cass, 1994. U Naqshbandiya soʻfiy tariqatining keyinchalik uning sharafiga Xolidiya deb atalgan bir tarmogʻiga asos solgan boʻlib, bu tarmoq nafaqat uning vatani boʻlgan kurd yurtlariga, balki gʻarbiy islom olamining koʻplab mintaqalariga ham chuqur taʼsir koʻrsatganMartin van Bruinessen, Julia Day Howell, Sufism and the 'Modernʼ in Islam, I. B. Tauris, 2007, , p. 44.. Uning asarlari markaziy kurd tilidagi nasr va sheʼriyatning eng dastlabki namunalaridan hisoblanadi. Uning toʻliq ismi odatda Abu al-Baho Ziyovuddin Xolid ibn Ahmad ibn Husayn ash-Shahrazuriy al-Kurdiy tarzida keltiriladi.

Shahrazuriy tez-tez Bagʻdodga borib turishi tufayli Bagʻdodiy taxallusini olgan, chunki u 1779-yilda Shahrizur mintaqasidagi Sulaymoniyadan taxminan 5 mil uzoqlikda joylashgan Karadağ (Qaradagʻ) qishlogʻidaRichard Tapper, Islam in Modern Turkey: Religion, Politics, and Literature in a Secular State, I. B. Tauris, 1991, , p. 129.. tugʻilgan edi.

Hayoti U 1779-yilda, hozirgi Iroq Kurdistoni hududiga kiradigan, Sulaymoniya shahri yaqinidagi Qaradagʻ qishlogʻida tugʻilgan. Uning oilasi 3-xalifa Usmon avlodidan ekanini daʼvo qilgan Jaff qabilasiga mansub edi. Shu bois, baʼzan uning ismiga al-Usmoniy nisbasi ham qoʻshib aytiladi. U oʻz davrining asosiy ilmiy markazi hisoblangan, koʻplab maktab va masjidlarga ega boʻlgan Sulaymoniya shahrida tarbiya va taʼlim olgan. Yosh Xolid oʻz davrining ikki buyuk olimi — shayx Abdul Karom al-Barzinjiy va shayx Abdurahim al-Barzinjiyda tahsil olgan hamda Mulla Muhammad Ali bilan darslarga qatnagan. U oʻzining mashhur Hindiston safariga otlanishidan avval Sulaymoniyada obroʻli mudarrisga aylandi. U yerda Xolid Dehli shahrida mashhur naqshbandiya-mujaddidiya shayxi Shah Valilulloh Dehlaviy bilan uchrashgan. Xolid taxminan bir yil uning huzurida boʻlib, undan Naqshbandiya tariqatiga bayʼat olgan.

Xolid Bagʻdodiyning xalifalaridan biri, Ismoil Sirajuddin Shirvoniy tariqatning Xolidiya tarmogʻining Kavkazga tarqalishiga koʻmaklashdi va bu esa Muridi urushini boshlanishiga turkti boʻldi.

U 1827-yilda, vabodan kasalligiga chalinib, Damashqda vafot etgan va Qosyunning togʻiga dafn qilingan.

Manbalar

Havolalar Khalid al-Baghdadi Ishonch va Islom Xolid Bagʻdodiy aytganlarining tukcha tarjimasi Belief and Islam Mavlono Xolid Bagʻdodiy

Turkum:1779-yilda tugʻilganlar Turkum:1827-yilda vafot etganlar Turkum:Shofiʼiylar Turkum:Ashʼariylar Turkum:Sunniy soʻfiylar