Robert Moreno González (1977 yil 19 sentyabrda tugʻilgan) — ispaniyalik futbol murabbiyi. Moreno hozirda Janubiy Koreya milliy futbol jamoasining vaqtinchalik bosh murabbiyi hisoblanadi.

U turli klublar va Ispaniya terma jamoasida Luis Enriquega yordamchi boʻlib ishlagan. 2019-yilda Moreno oʻz ustozining oʻrniga milliy terma jamoa bosh murabbiyi sifatida egallagan va Luis Enrique oʻz lavozimiga qaytgunga qadar UEFA Yevro-2020 turniriga yoʻllanma olgan. Keyinchalik u Liga 1da „Monaco“ni, La Ligada „Granada“ni va Rossiya Premyer-ligasida „Sochi“ jamoalarini boshqargan.

Murabbiylik faoliyati

Dastlabki faoliyat davri

Kataloniyaning Barselona provinsiyasi, Hospitalet de Llobregat shahrida tugʻilgan Moreno oʻzining qadrdon shahri jamoasi hisoblangan „La Florida CF“ safida markaziy himoyachi pozitsiyasida toʻp surgan. U endigina 14 yoshga toʻlganida, jismoniy tarbiya oʻqituvchisi darslarda koʻmaklashishni soʻragach, unda murabbiylikka qiziqish uygʻona boshlagan. 16 yoshida esa Antonio Kamacho bilan birgalikda „La Florida“ning „Alevín“ (oʻsmirlar) jamoasini boshqarishga kirishgan.

Moreno professional murabbiylik faoliyatini 2003-yilda „Penya Blaugrana Collblanc“ jamoasiga ustozlik qilishdan boshlagan; oʻshanda u mamlakatda murabbiylik litsenziyasini (unvonini) olgan eng yosh mutaxassisga aylangangan. Shundan soʻng u „L’Hospitalet“, „Marianao Poblet“, „Castelldefels“ va „Damm“ klublarida faoliyat yuritib, ularning yoshlar jamoalarini boshqargan. 2006-yilda „Castelldefels“ning asosiy jamoasi boshqaruvini ham qoʻlga olgan, biroq keyingi yilning mart oyida isteʼfoga chiqarilgan.

2010–11-yilgi mavsumda „Barcelona“da skaut sifatida faoliyat yuritgan Moreno, keyinchalik „Roma“ (2011–2012), „Selta“ (2013–2014) va „Barcelona“ (2014–2017) klublarida Luis Enriquening bosh murabbiy yordamchisi boʻlib ishlagan. 2017–18-yilgi mavsumda „Selta“ klubida Juan Carlos Unzuéga koʻmaklashgan Moreno, 2018-yilning iyul oyida Ispaniya terma jamoasida yana Luis Enrique murabbiylar shtabiga qoʻshilgan.

Ispaniya terma jamoasi

Luis Enrique shaxsiy sabablarga koʻra jamoani tark etishga majbur boʻlgach, 2019-yil 26-mart kuni Malta terma jamoasiga qarshi kechgan (2:0) oʻyinda terma jamoani Moreno boshqargan. Shuningdek, u Farer orollari va Shvetsiya jamoasiga qarshi keyingi ikkita bahsda ham jamoaga bosh murabbiylik qilgan.

Ispaniya terma jamoasini vaqtinchalik bosh murabbiy sifatida uchta oʻyinda boshqargan Moreno 2019-yil 19-iyunda, Luis Enrique qizining xastaligi sabab isteʼfoga chiqqach, jamoaning bosh murabbiyi etib tayinlangan U UEFA Yevro-2020 musobaqasi yakuniga qadar moʻljallangan shartnomaga imzo chekkan. Biroq oradan bor-yoʻgʻi besh oy oʻtib, biror marta magʻlubiyatga uchramagani va jamoani UEFA Yevro-2020 turniriga olib chiqqaniga qaramay, Moreno isteʼfoga chiqqan va uning oʻrnini yana oʻzidan oldingi murabbiy Luis Enrique egallagan. Luis Enrique Morenoni murabbiylar shtabidan chetlatgan hamda uni Yevro-2020 da Ispaniya terma jamoasini boshqarish istagi uchun „sadoqatsiz“ va „haddan tashqari izzattalab“ deb atagan.

Sochi 2023-yil 15-dekabrda Moreno Rossiya Premyer-ligasining „Sochi“ klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Oʻsha paytda klub turnir jadvalining eng quyi pogʻonasida borayotgan edi. Moreno qoʻl ostida natijalar biroz yaxshilanganiga qaramay, „Sochi“ 2024-yil 18-may kuni quyi ligaga tushib ketdi.

2024-yil 27-may kuni „Sochi“ va Moreno shartnomani yana uch mavsumga uzaytirgan. 2025-yil 31-mayda „Sochi“ oʻtish oʻyinlarida „Pari Nijniy Novgorod“ ustidan umumiy hisobda 4:3 hisobida gʻalaba qozonib, yana Rossiya Premyer-ligasiga yoʻllanma oldi. Biroq Moreno oʻz maydonidagi dastlabki uchrashuvda 1:2 hisobida magʻlub boʻlgach, pley-offning javob oʻyinida „Sochi“ni boshqarmadi. Klub bergan maʼlumotga koʻra, u javob oʻyiniga „oilaviy sabablarga koʻra“ kelmagan, bu esa uning isteʼfoga chiqarilgani haqidagi mish-mishlarga sabab boʻldi. 2025-yil 12-iyun kuni esa Moreno jamoani Premyer-ligadagi ishtirokiga tayyorlash uchun Sochiga qaytishini maʼlum qilgan.

2025-yil 2-sentyabrda Moreno klub yuqori ligaga qaytganidan soʻng dastlabki 7 oʻyinda atigi 1 ochko toʻplaganidan soʻng, oʻzaro kelishuvga koʻra Sochini tark etgan. Klubning sobiq bosh direktori Andrey Orlov Moreno oʻyinlarga tayyorgarlik koʻrish uchun ChatGPTdan foydalanganini daʼvo qilgan; Moreno dasturiy taʼminotdan faqat tarjima uchun foydalanganini taʼkidladi.

Janubiy Koreya terma jamoasi 2026-yil 1-sentyabrda Moreno 27-noyabrgacha rejalashtirilgan oltita xalqaro oʻyinni oʻz ichiga olgan qisqa muddatli shartnoma asosida Janubiy Koreya terma jamoasining vaqtinchalik bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Managerial statistics

+ Managerial record by team and tenureJamoaMilBoshlash davriYakunlash davriNatijalarIspaniya2019-yil 26-mart2019-yil 19-noyabrMonaco2019-yil 28-dekabr2020-yil 19-iyulGranada2021-yil 18-iyun2022-yil 6-martSochi2023-yil 15-dekabr2025-yil 31-avgustJanubiy Koreya2026-yil 1-sentyabrHozirgachaUmumiy—

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari Turkum:Ispaniyalik futbol murabbiylari Turkum:CE L'Hospitalet murabbiylari Turkum:Ispaniya milliy futbol terma jamoasi murabbiylari Turkum:AS Monaco FC murabbiylari Turkum:Granada CF murabbiylari Turkum:PFC Sochi murabbiylari Turkum:Janubiy Koreya milliy futbol terma jamoasi murabbiylari Turkum:Liga 1 murabbiylari Turkum:La Liga murabbiylari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi murabbiylari Turkum:Ispaniyadagi muhojir futbol murabbiylar Turkum:Monakodagi muhojir futbol murabbiylar Turkum:Rossiyadagi muhojir futbol murabbiylar Turkum:Janubiy Koreyadagi muhojir futbol murabbiylar Turkum:Italiyadagi muhojir futbol murabbiylar