Eron Islom Respublikasi xalqaro muqaddas Qurʼon musobaqasi – Eronda 1982-yildan beri har yili oʻtkazib kelinadigan xalqaro Qurʼon qiroat qilish musobaqasi.

Tarixi Musobaqa 1982-yil 5-fevralda boshlangan boʻlib, unda Malayziya, Bangladesh, Hindiston, Iroq, Suriya, Gvineya, Jazoir va Liviya kabi 12 ta davlat ishtirok etgan. Tanlov Tehron shahridagi Husayniya Ershodda oʻtkazilgan. Har yili hijriy qamariy oylardan rajab oyida boʻlib oʻtadi va mamlakatning Vaqflar va xayriya ishlari tashkiloti tomonidan homiylik qilinadi.

Koʻp yillar davomida bu musobaqa Huseyniya Ershodda oʻtkazib kelingan. Ikkinchi musobaqa 1983-yil 1–6-aprel kunlari boʻlib oʻtgan va unda ilk bor ayollar ham ishtirok etgan.

Turli musulmon va gʻayrimusilmon mamlakatlardan kelgan Qurʼon qorilari va hofizlari bir hafta davom etadigan ushbu xalqaro Qurʼon tadbirida qatnashishadi.

Yoʻnalishlari Dastlab musobaqa ikki yoʻnalishdan – Qurʼonni toʻliq yod olish (hifz) va Qurʼonni tahqiq uslubida (taʼsirli va qoidalarga toʻliq amal qilgan holda) qiroat qilishdan iborat boʻlgan. Hozirda bu oʻzgarib, uchta yoʻnalishni oʻz ichiga oladi.

Manbalar

Turkum:Qurʼonga oid chala maqolalar Turkum:Islom diniga oid chala maqolalar Turkum:Xalqaro musobaqalar Turkum:Xalqaro Qurʼon qiroat qilish musobaqalari