Hilton Cairo Grand Nile — Misrning Qohira shahridagi Ravzo orolida joylashgan besh yulduzli mehmonxona.
Tarixi
Mehmonxonaning 966 xonadan iborat dastlabki qanoti 1974-yilda Hotel Meridien Cairo nomi bilan ochilgan. 2001-yilda qiymati 380 million AQSH dollarlik, 715 xonali, 41 qavatli osmonoʻpar bino va aylanuvchi restoran hamda savdo markazi bilan birga majmuaga qoʻshildi. Mehmonxona 2001-yil avgust oyida qayta ishga tushirilib, Le Royal Méridien Cairo va Nile Tower nomini oldi.
Mehmonxona egasi boʻlgan Saudiya Misr turizmni rivojlantirish kompaniyasi (SETDC) 2002-yil 8-avgustda Le Méridien bilan boshqaruv shartnomasini bekor qildi. Shundan soʻng 1974-yilda qurilgan qanot yopildi va mehmonxonaning yangi qismi bir yil davomida mustaqil ravishda Royal Nile Tower nomi ostida faoliyat yuritdi. 2003-yil 1-avgustda Hyatt International majmuani boshqarishni oʻz zimmasiga oldi. Shundan soʻng minora qanoti Grand Hyatt Cairo deb qayta nomlandi. 1974-yilda yopilgan qanotni 20 million AQSH dollari miqdoridagi rekonstruksiya ishlari orqali 245 xonali Park Hyatt Cairo mehmonxonasiga aylantirish rejalashtirilgan edi<ref>. Biroq loyiha amalga oshmadi va bino 2025-yil holatiga koʻra ham yopiq qolmoqda.
2011-yil fevral oyida Misr inqilobi oqibatida Hyatt kompaniyasining barcha xorijiy menejerlari va xodimlari mamlakatdan evakuatsiya qilindi. Shundan soʻng mehmonxonaning qolgan misrlik xodimlari ish tashlash boshladilar va natijada Hyatt 2011-yil 20-martda majmua bilan barcha aloqalarini uzdi. SETDC va Hyatt oʻrtasida toʻrt oy davom etgan sud tortishuvlari boʻlib oʻtdi. Mehmonxona esa 2011-yil 1-iyungacha Hyatt nomidan foydalanishda davom etdi. Shu kuni egalar rasmiy ravishda mehmonxona nomini Grand Nile Tower deb oʻzgartirdilar.
2017-yilda mehmonxona Hilton tarmogʻiga qoʻshilishi va 2018-yildan boshlab Hilton Cairo Grand Nile nomi ostida faoliyat yuritishi eʼlon qilindi. Biroq rebrending jarayoni kechikdi va nom oʻzgarishi amalda 2024-yil 29-noyabrda kuchga kirdihttps://www.instagram.com/grandniletower/reel/DC8rAHpNMU5/.
Fotosuratlar
Manbalar
Turkum:Misrdagi osmonoʻpar binolar Turkum:Qohiradagi mehmonxonalar Turkum:Qohira bino va inshootlari