Tanya Huebner — avstraliyalik suzuvchi. U 2012-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari va 2016-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Avstraliya sharafini himoya qilgan.

Suzishdagi faoliyati

Huebner S6 toifasidagi suzuvchi hisoblanadi. U „Melbourne Vicentre“ suzish klubi aʼzosidir .

Huebner juda yoshligidan suzishni boshlagan. 2008-yilda Huebner „Rock2Ramp“ musobaqasida ishtirok etgan. Oʻsha yili u Editvayldan Aspendeylgacha boʻlgan masofada oʻtkazilgan „Club-to-Club“ suzish musobaqasida ham qatnashgan. 2010-yilda Huebner mashgʻulotlar oʻtkazish uchun har kuni ertalab soat 4:30 da uygʻongan. Sportchi Xalqaro Paralimpiya Qoʻmitasining 2010-yilgi suzish boʻyicha jahon chempionatida qatnashgan. 2011-yil iyul oyida u Avstraliya sport institutining suzish boʻyicha stipendiyasini qoʻlga kirigan. Huebner 2011-yilgi Avstraliya ochiq chempionatida Bayside jamoasi sharafini himoya qilgan. 2011-yilgi Tinch okeani suzish chempionatida 200 metrga kompleks usulda SM6 yoʻnalishida qatnashib, 3:31:36 natija bilan birinchi oʻrinni egallagan. 2011-yilda Huebner Kaliforniyadagi Can-Am chempionatida ham qatnashgan. U 2012-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida Avstraliya sharafini 50 m va 100 m erkin usulda, 100 m brass usulida, 50 m batterfly hamda 200 m kompleks usulda suzish bahslarida himoya qilish uchun tanlab olingan. Bu Oʻyinlar u uchun faoliyatidagi birinchisi boʻlgan.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Avstraliya sportchilari