Giza muhofazasi (, Muḥāfaẓah Al Gizah) — Misr muhofazalaridan biri. Mamlakat markazida, Nilning gʻarbiy sohilida, Qohiraning qarama-qarshisida joylashgan. Maʼmuriy markazi — Giza shahri boʻlib, muhofaza nomi ham shu shahardan olingan. Hududga Nil vodiysining Giza atrofidagi chap qirgʻogʻi, shuningdek, sharqiy qirgʻoqning nisbatan kichik qismi (masalan, Gʻammoza al-Kubro va As-Saf) kiradi.

2011-yil 14-aprelda 6-oktyabr muhofazasi Giza tarkibiga qoʻshilgach, Giza Misr gʻarbiy choʻlining katta qismini, jumladan, Bahriya vohasini ham oʻz ichiga oladigan boʻldi. Giza muhofazasida Katta sfinks va Giza piramidalari ham joylashgan.

Tavsifi

Ushbu muhofazada qashshoqlik darajasi 60% dan yuqori, ammo soʻnggi paytlarda moliyaviy yordam va ish oʻrinlari yaratish shaklida ijtimoiy himoya choralari koʻrilmoqda. Moliyalashtirish mamlakat Moliya vazirligi tomonidan va xalqaro tashkilotlar koʻmagida muvofiqlashtirilgan.

Maʼmuriy boʻlinishi Muhofaza munitsipal boʻlinmalarga ajratilgan boʻlib, 2023-yil yanvar holatiga koʻra umumiy taxminiy aholi soni 9 456 137 kishini tashkil etadi. Giza muhofazasida shahar va qishloq hududlarini oʻz ichiga olgan bir qator aqsam va markaz mavjud. Baʼzan markaz va qism bir xil nomga ega boʻlishi mumkin.

+ Munitsipal boʻlinmalari Oʻzbekcha nomi Asl nomi Arabcha transliteratsiyasi Aholisi(2023-yil yanvar tax.) TuriMonshaat El Kanaterمركز منشأة القناطرMonshaat Al-AnaternomaʼlumMarkaz Abu al-Namras Abo Al-Namras410,656 Markaz Dokki 76,180 Qism (toʻliq shahar))Piramidalar 707,958 Qism (toʻliq shahar)) Ajoʻza 299,064 Qism (toʻliq shahar))Al-Ayyot 553,389 MarkazBadrashin 601,810 Markaz Al-Havamideya 207,392 Qism (shahar va qishloq qismlari) Giza 306,861 Qism (toʻliq shahar)) Giza 369,351 MarkazAl-Umroniya 393,104 Qism (toʻliq shahar))Al-Vohot al-Bahriya 43,501 Qism (shahar va qishloq qismlari)Al-Varroq 724,963 Qism (shahar va qishloq qismlari) Shayx Zayd shahri 97,406 Qism (toʻliq shahar))Ash-Shaff 469,172 Markaz Atfih 414,488 Markaz Tolbiya 491,529 Qism (toʻliq shahar)) Ossim 384,527 Markaz Buloq ad-Dakrur 1,030,958 Qism (toʻliq shahar)) Imboba 679,276 Qism (toʻliq shahar)) Imboba 518,036 Markaz Kerdasa 498,225 Markaz 6-oktyabr (1) 99,867 Qism (toʻliq shahar)) 6-oktyabr (2) 210,859 Qism (toʻliq shahar)) 6-oktyabr (3) 63,883 Qism (toʻliq shahar))

Aholisi

2015-yildagi aholi soni boʻyicha taxminlarga koʻra, muhofaza aholisining aksariyati shaharlarda istiqomat qilgan; urbanizatsiya darajasi 58,6% ni tashkil etgan. Muhofazada yashovchi taxminan 7 585 115 kishidan 4 446 805 nafari shaharlarda, 3 138 310 nafari esa qishloq joylarda istiqomat qilgan.

2024-yildagi aholi soni boʻyicha taxminlarga koʻra, muhofaza aholisining (jumladan, Hani va Ratos aholisi) aksariyati shaharlarda istiqomat qiladi; urbanizatsiya darajasi 60,9% ni tashkil etadi. Muhofazada yashovchi taxminan 9 646 673 kishidan 5 874 824 nafari shaharlarda, 3 771 849 nafari esa qishloq joylarda istiqomat qiladi.

Sanoat zonalari Investitsiyalar va erkin zonalar boʻyicha boshqaruv organi (GAFI) maʼlumotlariga koʻra, Gizada quyidagi sanoat zonalari joylashgan:

Sanoat zonasi6-oktyabr sanoat zonasiAbo Rwash sanoat zonasiAl-Vohot sanoat zonasi

Muhim joylari Xeops piramidasi — Qadimgi dunyoning yetti moʻjizasidan biri boʻlib, har yili dunyoning turli burchaklaridan odamlar uni koʻrish uchun tashrif buyurishadi. U Giza piramidalari majmuasida joylashgan. Piramidalar yaqinida 2025-yilda Buyuk Misr muzeyi ochilgan.

Abusir Bahriya vohasi Giza nekropoli

Manbalar

Turkum:Misr muhofazalari