Mladomir Puriša Đorđević (serbcha: Младомир Пуриша Ђорђевић; 1924-yil 6-may — 2022-yil 23-noyabr) – serb va yugoslav kinorejissyori hamda ssenariychisi.

Biografiyasi U 1924-yil 6-mayda Čačak shahrida tugʻilgan. Ikkinchi jahon urushi boshlanishidan oldin Yugoslaviya komunistik yoshlar ittifoqi (SKOJ) aʼzosi boʻlgan. Serbiyadagi qoʻzgʻolon boshida Yugoslaviyaning xalq ozodlik armiyasi safiga qoʻshilgan. Keyinchalik hibsga olinib, Smederevska Palankadagi yoshlarni majburiy tarbiyalash muassasasiga yuborilgan.

Yoshligida, 1946-yilda Chachakning „Borats“ klubida futbol oʻynagan. 1946-yildan boshlab „Politika“ gazetasida jurnalist sifatida ish boshlaganMoj početak u „Politici“, Politika, 2013-yil 14-fevral..

1947-yildan „Filmske novosti“ kompaniyasida muharrir, keyinchalik hujjatli filmlar rejissyori boʻlib ishlagan. U 50 ga yaqin qisqa metrajli va 20 ta toʻliq metrajli film suratga olgan. Shuningdek, oʻnta romanning muallifi hisoblanadi. Aktyor sifatida 2005-yilda suratga olingan „Jug-jugoistok“ filmida rol oʻynagan.

1960-yilda mashhur aktrisa Milena Dravichga uylangan, biroq keyinchalik ajrashishgan. Ikkinchi nikohidan Lidiya ismli qizi bor, u rejissyor Rash Andrichga turmushga chiqqanNajveća princeza mojih filmova bila je Milena Dravić, Politika, 2015-yil 13-sentabr..

Purisha Jorjevich 2022-yil 23-noyabrda Belgrad shahrida vafot etgan va 26-noyabr kuni Belgrad yangi qabristonidagi Xizmat koʻrsatgan fuqarolar xiyoboniga dafn etilgan.

Mukofot va unvonlari Kinofamliyat sohasidagi alohida xizmatlari uchun II darajali Sretenskiy ordeni (2016) FIPRESCI Serbiya kino tanqidchilari assotsiatsiyasining hayotiy yutuq mukofoti (2012) Vrnjačka Banja ssenariylar festivali mukofoti (1997) „Tong“ (1967) filmi uchun Oltin arena mukofoti Vuk Karadjić ordeni

Filmografiyasi Badiiy filmlarYiliNomiEslatmalar 1953 Opštinsko dete ("Munisipal bola") Rejissyor 1955 Dva zrna grožđa ("Ikki dona uzum") Rejissyor 1961 Prvi građanin male varoši ("Kichik shaharchaning birinchi fuqarosi") Rejissyor 1961 Leto je krivo za sve ("Barchasiga yoz aybdor") Rejissyor 1964 Jova Mijatović Rejissyor 1965 Devojka ("Qiz") Rejissyor 1966 San ("Tush") Rejissyor 1967 Yutro (film, 1967) ("Tong") Rejissyor, ssenariychiEng yaxshi rejissyor uchun Oltin arena mukofoti 1968 Podne ("Peshin") Rejissyor 1969 Kros kantri Rejissyor 1970 Biciklisti ("Velosipedchilar") Rejissyor 1971 Nedostaje mi Sonja Heni ("Men Soniya Henini sogʻindim") Rejissyor 1972 Kiša ("Yomgʻir") Rejissyor 1975 Pavle Pavlović Rejissyor 1978 Trener ("Murabbiy") Rejissyor 1980 Osam kila sreće ("Sakkiz kilo baxt") Rejissyor 1982 Jabuka ("Olma") Rejissyor 1994 Skerco Rejissyor 1997 Tango je tužna misao koja se pleše ("Tango – bu raqsga tushiladigan gʻamgin xayol") Rejissyor 2007 Dva ("Ikki") Rejissyor 2023 Usta puna zemlje ("Ogʻiz toʻla tuproq") Rejissyor, ssenariychi

Romanlari Maslačak (Maysa) Lola Beograd (Znanje, Zagreb, 1982) Ljubavna pricha (Muhabbat tarixi, 1986)

Manbalar

Havolalar

Turkum:1924-yilda tugʻilganlar Turkum:2022-yilda vafot etganlar