Qoʻrgʻontepa bekligi () — hozirgi Tojikiston hududida joylashgan, Buxoro amirligi tarkibidagi maʼmuriy birlik. Maʼmuriy markazi Qoʻrgʻontepa shahri boʻlgan.
Tarixi Sharqiy Buxoro Buxoro amirligiga qoʻshib olingach, Qoʻrgʻontepa beklikka aylantirildi va bu yerda tez orada „Buxoro tartiblari“ oʻrnatilgan. Amir tomonidan tayinlangan noiblar butun maʼmuriy hokimiyatni oʻz qoʻllariga oldilar.
Aholisi B. I. Iskandarov mahalliy keksalarning soʻzlariga tayanib, Qoʻrgʻontepa vodiysi aholisining tarkibi tez-tez oʻzgarib turganini yozgan. Qolaversa, XIX asrning 70–80-yillariga kelib, asosan, doimiy oʻzaro feodal urushlar tufayli aholi soni ancha kamayib ketgan. Faqat 70-yillarning oxiri va 80-yillarning boshlaridagina aholi Qoʻrgʻontepa vodiysiga qayta toʻplana boshlagan.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Alifbo boʻyicha maʼmuriy birliklar Turkum:Buxoro amirligi bekliklari Turkum:Buxoro xonligi bekliklari Turkum:Oʻzbekiston tarixi Turkum:Tojikiston tarixi