Muslim ibn Oqil () — Oqil ibn Abu Tolibning oʻgʻli. Oqil ibn Abu Tolib islom payg‘ambari Muhammadning amakivachchasi va 4-xalifa Alining akasi edi. Shundan kelib chiqib Muslim ibn Oqil xalifa Alining jiyani, Husayn ibn Alining yaqin qarindoshi boʼlgan. Umaviy xalifa Yazid I ning hokimiyatga kelishiga Husayn ibn Ali qarshi edi. Kufa aholisi Husaynni qoʼllab-quvvatlashini bildirib unga bir qancha maktublar yuborgan. Bu maktublarning qanchalik haqiqatga yaqin ekanligini aniqlash maqsadida Husayn Muslim ibn Oqilni u yerga yuborgan. Kufaliklar Muslimni kutib olgan va noqonuniy ravishda hokimiyatga kelgan zolim Umaviylarga qarshi Husaynni qoʻllab-quvvatlashga keng ravishda qasamyod qilgan. Bunga javoban Yazid shaharning yumshoqtabiat hokimi oʼrniga oʻzining qattiqqoʼl tarafdorlaridan biri Ubaydulloh ibn Ziyodni tayinlagan. Ibn Ziyod tez orada xabarchi orqali Muslim ibn Oqil yashirinib turgan joyni aniqlashga muvaffaq boʼlgan.
Ibn Ziyod Muslimni yashirincha himoyasida saqlab turgan Honi ibn Urvani qamoqqa olgan va uni oʻldirgan. Shundan soʼng Muslim milodiy 680-yil sentyabrida ochiqdan-ochiq qoʻzgʻolon koʼtargan va tarafdorlari bilan birgalikda hokim saroyini qurshab olgan. Biroq Ibn Ziyod qoʻrqitish va vaʼdalar orqali Kufa qabila boshliqlarini Muslimni tark etishga hamda oʻz odamlarini bu yerdan olib chiqib ketishga koʻndirgan. Natijada, yolgʻiz qolgan Muslim qoʻlga olingan va qatl etilgan. Bu voqealar yuz berishidan oldin u Husaynga xat yozib, uni Kufaga kelishga undagan edi. Shu tariqa Husayn oilasi va oz sonli tarafdorlari bilan Makkadan yoʻlga chiqqan. Biroq uning karvoni 680-yil oktyabrida Kufa yaqinidagi Karbalo hududida Umaviy kuchlari tomonidan toʻxtatilib, qirgʻin qilingan. Muslim shialik taʼlimotida jasorati va axloqiy jihatdan pok shaxs boʼlganligi uchun qattiq eʼzozlanadi. Uning Kufa Katta masjididagi maqbarasi shialik mazhabiga eʼtiqod qiluvchi ziyoratchilar tez-tez tashrif buyuradigan manzilgoh hisoblanadi.
Ilk hayoti Muslim Oqil ibn Abu Tolibning oʻgʻli boʼlgan. Oqil esa islom paygʻambari Muhammadning amakivachchasi edi. Onasining kelib chiqishi nabatiylardan boʼlib, ozod qilingan choʻri () boʻlishi mumkin. Manbalarda uning ismi Ulayya, Xalila va Hilya kabi turlicha shakllarda keltiriladi. Muslimning tugʻilgan sanasi ham manbalarda turlicha keltiriladi va ular bu borada sezilarli darajada farq qiladi. Ayrim manbalarda u milodiy 640-yillarning boshlarida, boshqalarida esa 650-yillarning oxirlarida tugʻilgan deb koʻrsatiladi. Muslim jasur va mohir jangchi sifatida shuhrat qozongan. Bir rivoyatga koʻra, u 657-yilda amakisi Ali ibn Abu Tolib () tomonida Siffin jangida (657) qatnashgan. Boshqa bir rivoyatga koʻra, Muslim ikkinchi xalifa Umar ibn al-Xattob davrida () Misrdagi al-Bahnasa shahrini fath etishda ishtirok etgani aytiladi. Ushbu rivoyatga koʻra, keyinchalik Muslim shu hududga hokim etib tayinlangan va Umarning oʻrniga Usmon ibn Affon () xalifa boʻlguniga qadar shu lavozimda xizmat qilgan. Shundan soʻng Muslim Madinaga qaytgan. Yana bir rivoyatga koʻra, 670-yildan keyin Muslim oʻsha paytda Shom hokimi boʻlgan Muoviya I ni aldab, unga Madinada aslida amakivachchasi Husayn ibn Aliga tegishli boʻlgan yer mulkini sotgan.
Kufaga elchi sifatida yuborilishi Husayn ibn Ali 680-yilda Umaviy xalifa Yazidning hokimiyatga kelishini qoraladi. Yazid Husaynning akasi Hasan bilan 661-yilda tuzilgan tinchlik shartnomasini buzgan holda otasi Muoviyaning oʼrniga hokimiyatga kelgan edi. Yazid Husaynni unga bayʼat qilishga majburlaganidan soʼng Husayn oilasi bilan birga Madinadan Makkaga ketdi. U yerda, asosan, shialar istiqomat qiladigan Iroqning Kufa shahri aholisidan koʻplab maktublar va elchilarni qabul qildi. Ular Husaynni Kufaga kelib, noqonuniy ravishda hokimiyat tepasiga kelgan zolim Umaviylar hukmronligiga qarshi ularga boshchilik qilishga taklif qildilar. Husayn agar ular chindan ham uni qoʻllab-quvvatlashda yakdil boʻlsalar, ularga toʻgʻri yoʻl koʻrsatib, rahbarlik qilishini bildirdi hamda Kufadagi vaziyatni oʻrganib, ularning harakatlari haqida maʼlumot olishni vakili Muslim ibn Oqilga topshirdi. Husayn Iroqdagi Basra aholisi uchun ham shunga oʻxshash maktub yoʻllab, ularni oʻziga ergashishga chaqirdi. Uning yozishicha, Muhammad paygʻambarning sunnati keyinchalik kiritilgan bid’atlar tufayli yoʻq qilingan boʻlib, uni qayta tiklash va toʻgʻri yoʻlga solish zarur edi. Husayn basraliklarni ham shu maqsad yoʻlida uni qoʻllab-quvvatlashga daʼvat etdi.
Shu tariqa Muslim 680-yil 19-iyunda (60-yil 15-Ramazon oyi) Makkadan yoʼlga chiqdi. Madinada ikki yoʻlboshlovchi yollab, soʻng Kufaga yoʻl oldi. Sunniy tarixchi Tabariyning maʼlumotlariga koʻra, yoʻl koʻrsatuvchilar yoʼlda adashib qolgan va tashnalikdan halok boʻlgan. Shundan soʻng Muslim Husaynga maktub yozib, oʻziga yuklatilgan vazifadan ozod etishini soʻragan, biroq Husayn uning safarni davom ettirishini talab qilgan. Muslim 680-yil 9-iyulda Kufaga kelgan va avval Muxtor as-Saqafiy yoki Abu Hajal Muslim ibn Avsajaning uyida yashiringan. U yerda 12 000 dan 30 000 gacha kishilarning bayʼatini qabul qilgan. Biroq islomshunos Mahmud M. Ayyub bergan maʼlumotlarga koʻra, bu bay’atlar amalda Husaynga emas, balki oʻsha paytda uni qoʻllab-quvvatlagan qabila boshliqlariga berilgan boʻlib, yaʼni maʼlum bir gʻoyaga emas, balki muayyan shaxslarga sadoqatni anglatgan. Muslim Kufaga kelganining dastlabki kunlaridayoq shialik tarafdorlari rahbarlarining yashirin yigʻilishida qatnashib, ularning qoʻllab-quvvatloviga erishdi. Yigʻilishda Abis ibn Abu Shabib ash-Shuqayriy, Habib ibn Muzohir va Said ibn Abdulloh al-Hanafiy kabi shaxslar ham ishtirok etgan. Ularning barchasi keyinchalik Husayn bilan birga jangda halok boʻlgan. Muslimning tarafdorlari tobora koʻpayib borgach, u hatto masjidlarda ochiq yigʻilishlar oʻtkazish va ularga rahbarlik qilish imkoniyatiga ega boʻlgan. Shundan soʻng u Husaynga maktub yozib, uni Kufaga kelishga undagan.
Oʻsha vaqtda Kufa hokimi boʼlgan Noʻmon ibn Bashir Muslimning Kufaga kelganidan va uning maqsadlaridan xabardor boʻlgan boʼlishi mumkin, biroq unga qarshi hech qanday chora koʻrmagan. Muhammad paygʼambarning sahobalaridan biri boʻlgan Noʼmonning bunday yoʻl tutishiga, ehtimol, Muslimning paygʼambar Muhammadga qarindoshligi sabab boʻlgan yoki hokim faqat gumonlarga asoslanib harakat qilishni istamagan boʻlishi ham mumkin. Koʻp oʻtmay Umar ibn Saʼd va yana bir necha kishi Yazidga maktub yoʻlladi. Shundan soʻng Yazid Noʻmon ibn Bashirni lavozimidan chetlatib, uning oʻrniga Ubaydulloh ibn Ziyodni tayinladi hamda unga Muslimni oʻldirish yoki Kufadan quvib yuborishni buyurdi. Ubaydulloh ibn Ziyod gʻayratli, uddaburon va shafqatsiz shaxs sifatida tasvirlanadi. Oʻsha paytda u Basra hokimi lavozimida ham faoliyat yuritgan. U eng qisqa yoʻl orqali shoshilinch ravishda Kufaga yoʻl oldi. Rivoyatlarga koʻra, u qora salla oʻrab, yuzini niqob bilan berkitgan edi. Shu sababli ayrim kufaliklar uni Husayn deb oʻylab, uni katta ishtiyoq bilan kutib olganlar. Kufaga yetib kelganidan soʻng Ubaydulloh ibn Ziyod ochiqchasiga bayonot berib, qoʻzgʻolonga oid har qanday urinish boshini tanasidan judo qilish va xochga mixlash orqali jazolanishini aytib tahdid qilgan.
Muvaffaqiyatsiz qoʻzgʻolon va qatl etilishi thumb|Iroq Kufa shahridagi Muslim ibn Oqil maqbarasiga kirish qismi
thumb|Maqbaraning kirish qismi
Ibn Ziyod Kufaga kelgach, Muslim ibn Oqil Murod qabilasining oqsoqoli Honi ibn Urvaning uyiga koʻchib oʻtdi. Rivoyatlarga koʻra, aynan shu yerda Muslim Ibn Ziyodni oʻldirish uchun qulay imkoniyatni qoʻldan boy bergan. Ibn Ziyod kasal boʻlgan yoki oʻzini kasal qilib koʻrsatgan Honidan xabar olish uchun, yoxud Honining uyida mehmon sifatida turgan. Aslida esa Muslimni qoʻllab-quvvatlash uchun kelgan basralik Sharik ibn al-Aʼvar al-Horisiyni koʻrish uchun tashrif buyurgan edi. Turli manbalarda Muslimning Ibn Ziyodni oʻldirish rejasidan voz kechishiga bir necha sabablar keltiriladi. Jumladan, Muslimning bunga jur’ati yetmagan, Honi yoki uning xotini bu rejaga qarshi boʻlgan yoxud Muslim mehmonning daxlsizligini buzib, unga xiyonat qilishni taqiqlovchi paygʻambar hadislarini eslagan, degan qarashlar mavjud. Bu holatda gap xavfsizligi kafolatlangan mehmon Ibn Ziyodga nisbatan xiyonat qilish haqida ketgan. Koʻp oʻtmay, Ibn Ziyod Muslim yashiringan joyni uning faoliyatiga josus sifatida kirib borgan bir xabarchi orqali aniqladi. Bu shaxsning ismi ehtimol Maʼqil boʻlgan. U Muslimning yaqin kishilari davrasiga oʻzini uning tarafdori sifatida koʻrsatish va uning faoliyatiga mablagʻ ajratish orqali kirib olgan edi. Shundan soʻng Ibn Ziyod Honini huzuriga chaqirtirdi va undan Muslimga boshpana berganini tan olishni talab qildi. Honi oʻz mehmonini Ibn Ziyodning qoʼliga topshirishdan bosh tortgach, Ibn Ziyod uni qattiq kaltakladi. Rivoyatlarga koʻra, Honi shu zahotiyoq vafot etgan yoki qamoqqa tashlangan.
Muslim ibn Oqil Honining hibsga olingani haqidagi xabarni eshitgach, ochiqdan ochiq qoʻzgʻolon koʻtardi. U taxminan 4 ming kishilik tarafdorlari bilan hokim saroyini qurshab oldi. Bu voqea sanasi manbalarda turlicha — milodiy 680-yil 3, 8, 9 yoki 10-sentyabr (hijriy 60-yil 2, 7, 8 yoki 9-Zulhijja oyi) deb koʻrsatiladi. Biroq Ibn Ziyod tahdid va pora berish orqali qabila boshliqlarini Muslimni tark etishga va oʻz qoʻl ostidagi kishilarni bu yerdan olib chiqib ketishga muvaffaq boʻldi. Kech kirgach, yolgʻiz qolgan Muslim shahar boʻylab sarson-sargardon boʻlib yurdi. Oxir-oqibat, Tav’a ismli Kinda qabilasidan boʼlgan beva ayol unga boshpana berdi. Biroq ertasi kuni Tav’aning oʻgʻli Bilol Muslim yashiringan joyni Kinda qabilasi boshligʻiga maʼlum qildi. Qabila boshligʼi, ehtimol, Al-Ashʼas ibn Qays (vafoti: 661-yil) avlodlaridan biri boʻlgan. Qabila boshligʻi bu maʼlumotni hokimga yetkazdi. Arab qomusiy olimi Ibn Habibning fikriga koʼra, aynan shu xiyonati sababli u arablar orasida eng xiyonatkor shaxs degan nom olgan. Shundan soʻng taxminan 60–70 nafar kishi Muslim yashiringan uyni qurshab oldi. Ularning oʼzi ham bir qancha talafot koʻrganidan soʻng, yaralangan va holdan toygan Muslimni oxir-oqibat qoʻlga oldilar. Ayrim manbalarda unga omonlik vaʼda qilingani, biroq keyinchalik bu vaʼda bajarilmagani aytiladi. Shundan soʻng Muslim Ibn Ziyodning huzuriga olib kelindi. Ular oʻrtasida keskin tortishuv boʻlib oʻtgach, Ibn Ziyod Muslimni qatl etishni buyurdi. Koʻpchilik manbalarga koʻra, Muslim oʻlimidan oldin Umar ibn Saʼdga vasiyatini aytib, undan Husaynga kufaliklarning xiyonati haqida xabar berishni, qarzlarini toʻlashni va jasadini dafn ettirishni soʻragan. Keyin qal’a tomida omma oldida Muslimning boshi tanasidan judo qilindi, uning boshi va jasadi pastga uloqtirildi. Uni qatl etgan jallod Bakr ibn Humron al-Ahmariy boʻlib, Muslim avvalroq yashiringan joyiga qilingan hujum vaqtida uni yaralagan edi. Shuningdek, Honi ibn Urva ham qatl etilgan. Ularning jasadlari koʻchalarda sudrab yurilgan va keyinchalik, ehtimol, oʻlimidan soʻng xochga mixlangan. Ularning boshi Yazidning huzuriga yuborilgan. Yazid Ibn Ziyodni bu ishi uchun maqtagan hamda unga Husayn va uning tarafdorlarini hibsga olish, shuningdek, unga qarshi jang qiladigan kishilarga qarshi kurashish boʼyicha buyruq bergan.
Oqibatlari
thumb|Abdulloh ibn Muslim otasi uchun qasos olish maqsadida jangga kirib bormoqda, Karbalo jangi tasviri, 1580–90-yillar