Polde Bibič (1933-yil 3-fevral — 2012-yil 13-iyul) — sloveniyalik sahna va kino aktyori, yozuvchi hamda akademik professor. U asosan Kuzakdagi gullar (Cvetje v jeseni) filmidagi roli va teatr sahnalaridagi faoliyati bilan tanilgan. Bibič Sloveniyadagi sanʼat yoʻnalishidagi bir nechta nufuzli mukofotlar bilan taqdirlangan.

Hayoti Bibič Maribor shahrida tugʻilgan. U shahardagi oʻrta maktabni tamomlab, soʻngra Lyublyanada Vida Juvan rahbarligida sahna sanʼati boʻyicha tahsil oldi. Oʻqishni 1961-yilda tugatgan. U ilk bor rejissor František Čáp tomonidan suratga olingan Hal qiluvchi lahzalar (Trenutki odločitve; 1955) filmida rol oʻynagan. Keyinchalik Lyublyana drama teatrida faoliyat yuritib, 1977-yildan 1981-yilgacha uning direktori boʻlgan. Shuningdek, u Lyublyana teatr, radio, kino va televideniye akademiyasida teatr sanʼatidan dars bergan. U 79 yoshida Lyublyanada vafot etdi .

Ijodi Bibič Sloveniyada iliq kutib olingan koʻplab filmlarda, jumladan, Ne joči, Peter (1964), Qogʻoz qanotlarida (1968), Kekecning hiylalari (1968), Kuzatdagi gullar (1973), Karolina Zashlerning bevaligi (1976), Dediščina (1986), Primož Trubar (film)]] (1985) va Dadam, sotsialistik quloq (1987) kabi lentalarda rollar ijro etgan. Ularning aksariyati rejissor Matjaž Klopčič tomonidan suratga olingan. U, shuningdek, televideniye va radiodramalarda ham qatnashgan.

U umri davomida 150 dan ortiq teatr va 30 dan ziyod kino rollarini ijro etgan. Shuningdek, u yettita avtobiografik kitob yozgan. Bibič Lyublyana milliy drama teatri truppasi aʼzosi boʻlib, 1995-yilda nafaqaga chiqqanidan keyin ham oʻz faoliyatini davom ettirgan. U koʻpincha Lyublyana shahar teatri, Triestdagi sloven teatri va eksperimental teatrlarda sahnaga chiqqan.

Aktyorlikdan tashqari, Bibič siyosatda ham faol boʻlgan. Sloveniya mustaqilligi eʼlon qilingach, u Milliy kengash aʼzosi sifatida ikki muddat xizmat qildi. Biroq keyinchalik taʼkidlaganidek, u „hech narsani oʻzgartira olmagani“ sababli siyosatga aralashganidan afsuslangan.

Mukofotlari va unvonlari Koʻrsatgan xizmatlari uchun u „Župančič mukofoti“ (1974), Lyublyana shahri madaniy yutuqlari mukofoti, Sloveniyaning madaniyat sohasidagi eng yuqori mukofoti boʻlgan „Prešeren mukofoti“ (1977 va 1985), aktyorlar uchun eng yuqori mukofot hisoblangan „Borštnik halqasi“ (1984), „Sloveniyaning Kumush ozodlik ordeni“ (1996) hamda 1984-yilda Novi Saddagi „Sterija mukofoti“ bilan taqdirlangan.

Vafoti munosabati bilan boshqa sloveniyalik aktyorlar va yozuvchilar Bibični buyuk siymo, teatr qiroli hamda afsonaviy xalqona aktyor sifatida eʼtirof etishdi. Unga nisbatan chuqur hurmat va ehtirom, shuningdek, uning ijodiga yuqori baho Sloveniya Prezidenti Danilo Türk va Bosh vazir Janez Janša tomonidan ham bildirildi .

Filmografiya

Kino Yil Nomi 1955 Trenutki odločitve 1958 Dobro morje 1959 Dobri stari pianino 1961 Balada o trobenti in oblaku 1963 Samorastniki1964 Zarota Ne joči, Peter1967 Zgodba, ki je ni Grajski biki Na papirnatih avionih 1968 Kekčeve ukane1971 Poslednja postaja Mrtva ladja1973 Cvetje v jeseni Begunec Let mrtve ptice1974 Pomladni veter Strah1976 Bele trave Vdovstvo Karoline Žašler 1979 Iskanja1982 Boj na požiralniku Razseljena oseba1983 Breath of Air|Dih Trije prispevki k slovenski blaznosti1984 Veselo gostivanje Dediščina 1986 Heretik 1987 Moj ata, socialistični kulak 1988 Remington (film)|Remington 1990 Ječarji 2005 Ruševine

Televideniye Yil Nomi 1965 Počitnice v Lipici 1969 Polikarp 1975 Obisk 1983 Strici so mi povedali 1985 Primož Trubar (nadaljevanka)1990 Waitapu Dirigenti i muzikaši1996 Triptih Agate Schwarzkobler Peter in Petra2001 Pavle (film) Sorodne duše 2005 Ljubljana je ljubljena 2010 Darilo

Manbalar

Havolalar

Polde Bibič film-center.si saytida