Ikkinchi Al-Aqaba bay’ati () islom tarixidagi muhim voqea boʻlib, unda Madina shahrining 75 nafar aholisi paygʻambar Muhammadni oʻz yetakchisi sifatida tan olib, unga sadoqat bildirgan. Ushbu sadoqat qasamyodi bay’at nomi bilan maʼlum. Voqea hijratdan, yaʼni Muhammad paygʻambar va uning tarafdorlari taʼqibga uchrab, Makkadan Madinaga koʻchishidan oldin sodir boʻlgan. Shundan soʻng Muhammad paygʻambar Madinaga rahbar boʻlgan. Ikkinchi Al-Aqaba bay’ati milodiy 622-yilda Makkadan 5 kilometr uzoqlikdagi Al-Aqaba deb ataluvchi togʻ dovonida boʻlib oʻtgan.
Voqea
Islomni qabul qilganlar Madinada istiqomat qiluvchi Arabistonning yahudiy boʻlmagan qabilalaridan ham kelgan edi. Shu sababli keyingi yilning iyun oyiga kelib, 75 nafar musulmon haj ibodatini ado etish va Muhammad paygʻambar bilan uchrashish uchun Makkaga kelgan. Ular tunda paygʻambar Muhammad bilan yashirincha uchrashib, keyinchalik „Ikkinchi Al-Aqaba bay’ati“ deb nom olgan sulh tuzgan. Bu bay’at musulmonlarni himoya qilish majburiyatini ham oʻz ichiga olgan. Shu sababli Sharqiy Osiyo mamlakatlarining tili, madaniyati, tarixi va urf-odatlarini oʻrgangan sharqshunoslar hamda ulamolar uni „Urush bay’ati“ deb ataganlarWatt (1974) p. 83. Ikkinchi bay’at shartlarining koʻpi birinchi bay’atdagiga oʻxshash boʻlib, Muhammad paygʻambarga itoat qilish, yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarish, shuningdek, zarurat tugʻilganda qurol olib, jangga kirish majburiyati ham bor ediIbn Hisham, Sirah Rasul Allah, Vol. I p. 454.
Manbalar
Turkum:Muhammadning sulhlari