Afrika yoʻrgʻa tuvalogʻi () — tuvaloqsimonlar turkumi tuvaloqlar oilasiga mansub qush turi.
Taksonomiya va sistematika 1784-yilda avstriyalik ornitolog Joseph Franz von Jacquin Tripolidan Venadagi Schönbrunn hayvonot bogʻiga olib kelingan namuna asosida tuvaloqlarning yangi turini tavsiflaydi va Psophia undulata deb nom beradi. 1839-yilda René Lesson Chlamydotis urug‘ini ajratadi va undulata turini shu urug‘ tarkibiga kiritadiLesson, R. (1839). Oisseaux inédits. Revue Zoologique par la Société Cuvierienne. II (2): 43−47.. 1894-yilda Kanar orollaridagi tuvaloqlar oilasiga mansub turni Lionel Walter Rothschild va Ernst Hartert Houbara fuertaventurae sifatida tavsiflaydi. Hozirda bu tur Afrika yoʻrgʻa tuvalogʻining Chlamydotis undulata fuertaventurae nomli ostturi sifatida qaraladi. Osiyo yoʻrgʻa tuvalogʻi esa uzoq vaqt davomida Chlamydotis undulataning ostturi deb hisoblangan. 2003-yildan boshlab yangi tadqiqotlar asosida bu turlar ikkta mustaqil tur deb qarala boshladi.
Tavsif Afrika yoʻrgʻa tuvalogʻi — qanotlari 135–170 sm o‘rtacha kattalikdagi tuvaloq. Narlarining tana uzunligi 65–75 sm, vazni esa 1,8–3,2 kg ni tashkil etadi. Urg‘ochilari kichikroq bo‘lib, tana uzunligi 55–65 sm, vazni esa 1,2–1,7 kg ga teng. Ularning tanasining ustki qismi och jigarrang tusda, pastki qismi esa oq rangda bo‘lib, bo‘ynining ikki yonida qora chiziqlar mavjud. Parvoz paytida qanotlaridagi katta patlarda katta qora-jigarrang belgilar ko‘rinadi. Afrika yoʻrgʻa tuvalogʻi Osiyo yoʻrgʻa tuvaloqlariga qaraganda biroz kichikroq.