thumb|Mahalliy doʻkonda sotilayotgan bayonglar

Bayong — Flippinda keng tarqalgan sumka turi boʻlib, quritilgan barglarni toʻqish orqali tayyorlanadi va odatda, Visayas hududida buri palmasi barglaridan, Luzanda esa pandan barglaridan foydalaniladi. Shuningdek, bayong tayyorlashda Filippinga xos abaka, bakbak, karagumoy, sabutan, romblon va tikog kabi oʻsimliklardan ham foydalaniladi. Barglarning sintetik muqobili sifatida plastik tasmalardan ham foydalanish mumkin.

Bayongdan filippinliklar, ayniqsa qishloq joylarida va viloyatlarda, anaʼnaviy bozorlarga borishda keng foydalanadilar. Soʻnggi yillarda bayong plastik xarid xaltalariga ekologik jihatdan qulay muqobil vosita sifatida targʻib qilinmoqda.

Bayong uzoq yillardan buyon filippinliklarning madaniyati va anʼanalarining ajralmas qismi hisoblanadi. Uni tayyorlash va foydalanish anʼanalari avloddan avlodga oʻtib kelgan boʻlib, bayong mahalliy aholining kundalik turmush tarzining bir qismiga aylangan. Boshqa dizaynlar Filippinning ayrim hududlarida, xususan Mindanaoda, anʼanaviy ravishda plastik yoki ipdan tayyorlangan turlari ham foydalaniladi. Galereyasi

Manbalar

Turkum:Sumkalar