Víctor Muñoz Villanueva (2003-yil 13-iyulda tugʻilgan) — ispaniyalik professional futbolchi. Víctor Angliya Premyer-ligasining „Liverpool“ klubi va Ispaniya milliy terma jamoasida chap qanot vingeri yoki hujumchi sifatida toʻp suradi.

Klub faoliyati Real Madrid 2021-yil iyun oyida Muñoz „Real Madrid“ning yoshlar jamoasi tarkibiga qoʻshilgan va u yerda UEFA Yoshlar ligasida oʻynagan. 2022-yilda farm klubi boʻlmish RSC Internacional safida asosiy jamoadagi debyutini qilgach, keyingi yili klubning Primera Federacióndagi zaxira jamoasiga oʻtkazilgan.

2024–25-yilgi mavsumda Muñoz „Castilla“ jamoasining asosiy tarkib oʻyinchisi sifatida oʻzini namoyon qilgan. 2025-yil 11-may kuni La Ligadagi debyutini oʻtkazib, oʻzining sobiq jamoasi „Barcelona“ klubiga qarshi 4:3 hisobidagi magʻlubiyat bilan yakunlangan oʻyinning 88-daqiqasida Vinícius Júnior oʻrniga maydonga tushgan.

2025-yil 18-iyun kuni Muñoz FIFA Klublar oʻrtasidagi jahon chempionatidagi debyutini „Real Madrid“ning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso qoʻl ostidagi ilk oʻyinida oʻtkazdi va „Al-Hilol“ klubiga qarshi 1:1 hisobida durang bilan yakunlangan uchrashuvning 80-daqiqasida Vinícius Júnior oʻrniga maydonga tushgan.

Liverpool 2026-yilning 18-iyunida Premyer-liga ishtirokchisi „Liverpool“ klubi Munozni 40 million yevro evaziga sotib olgan va u bilan uzoq muddatli shartnoma imzolagan. Bu summa uning shartnomasidagi tovon puliga teng edi.

Terma jamoadagi faoliyati 2026-yilning 27-martida Muñoz Ispaniya terma jamoasi safida debyut qilgan. „Estadio de la Cerámica“ stadionida Serbiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (3:0) jamoasining uchinchi golini kiritgan.

2026-yil 25-may kuni Muñoz 2026-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun 26 kishilik tarkibga kiritilgan.

Oʻyin uslubi Muñoz vinger yoki hujumchi sifatida oʻynaydi. Amerikaning „The Sporting News“ yangiliklar sayti 2024-yilda shunday yozgan edi: "Aynan tezligi uni boshqalardan eng koʻp ajratib turadi va shu tufayli u yaqinda „Real Madrid“ tarkibidagi eng tezkor oʻyinchi sifatida tanildi".

Yutuqlar Ispaniya

FIFA Jahon chempionati gʻolibi: 2026

Shaxsiy

La Liga U23 oyining eng yaxshi futbolchisi: 2026-yil fevral, 2026-yil mart

Manbalar

Havolalar

Víctor Muñoz Liverpool F. C. saytida Víctor Muñoz Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Real Madrid Castilla futbolchilari Turkum:Real Madrid CF futbolchilari Turkum:CA Osasuna futbolchilari Turkum:Liverpool F.C. futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Primera Federación futbolchilari Turkum:Tercera Federación futbolchilari Turkum:Ispaniyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari Turkum:Futbol boʻyicha jahon chempionlari