Hino daryosi (, Hino-gawa) — Yaponiyaning Xonsyu orolidagi Tottori prefekturasining gʻarbiy qismidan oqib oʻtuvchi A toifali daryo. Uning uzunligi 77 km boʻlib, Tottori prefekturasidagi eng uzun daryo hisoblanadi. Daryo Chūgoku togʻlaridan boshlanadi. Uning manbai Nichinan shahrida, Mikuni va Dōgo togʻi yaqinida, dengiz sathidan 1 004 metr balandlikda joylashgan. Kōfu shaharchasi yaqinida daryo shimoli-gʻarb tomonga buriladi. Quyi oqimida u Yonago tekisligi orqali oqib oʻtib, Yonago shahri yaqinidagi Hiezu hududida Miho koʻrfaziga quyiladi. Daryo oqimi davomida eroziya taʼsirida hosil boʻlgan Sekkakey darasi oʻzining tabiiy manzaralari bilan mashhur. Daryoda qurilgan Sukesawa toʻgʻoni natijasida Nichinan koʻli sunʼiy suv ombori vujudga kelgan. Hino daryosi suvi bilan bugungi kunda qariyb 60,8 ming kishi taʼminlanadi. Irmoqlari Inga daryosi (印賀川, Inga-gawa) — 25.8 km. Hosshōji daryosi (法勝寺川, Hosshōji-gawa) — 23.5 km. Manbalar

Turkum:Yaponiyadagi daryolar