Leandro Jones Johan Bacuna (1991-yil 21-avgustda tugʻilgan) — professional futbolchi. U TFF Birinchi ligasining „Iğdır F.K.“ klubi safida yarim himoyachi yoki oʻng qanot himoyachisi sifatida toʻp suradi. Niderlandiyada tugʻilgan boʻlsa-da, xalqaro miqyosda Kyurasao milliy terma jamoasi sharafini himoya qiladi. U Eloy Room bilan birgalikda Kyurasao terma jamoasi tarixidagi eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchi hisoblanadi. Klublardagi karyerasi Groningen Leandro Bacuna 2009-yil 30-oktyabrda Eredivisiening „PSV“ga qarshi uchrashuvida „Groningen“ asosiy jamoasi safidagi debyutini oʻtkazgan. Bacuna avvalroq „Groningen“ning yoshlar jamoalarida ham toʻp surgan. 2009-yil 6-noyabrda u Eredivisiedagi „Herakles Almelo“ga qarshi uchrashuvda asosiy jamoa safidagi ilk golini kiritgan. Mazkur uchrashuv „Groningen“ning 4:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlanganHolland, Æresdivisionen — Politiken.dk .

Aston Villa 2013-yil 13-iyunda Bacuna Angliya Premyer-ligasining „Aston Villa“ klubi bilan uch yillik shartnoma imzolagani eʼlon qilingan. 7-raqamli futbolka topshirilgan Bacuna oʻng qanot himoyachisi pozitsiyasida oʻyin olib borgan va klub safidagi debyut mavsumida koʻpchilikda ijobiy taassurot qoldirgan.

U 2013-yil 28-sentyabrda „Manchester City“ga qarshi uy uchrashuvida Angliya Premyer-ligasidagi ilk golini urgan. Ikkinchi golini esa „Cardiff City“ ustidan 2:0 hisobida qozonilgan gʻalabada jarima zarbasidan kiritgan. Shuningdek, u „West Bromwich Albion“, „Everton“ va „Norwich City“ darvozalarini ham ishgʻol qilgan.

2014–15-yilgi mavsumda Bacuna asosiy tarkibdan joy olishda qiyinchilikka duch kelgan va Angliya Premyer-ligasida atigi bitta uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan. 2015-yil 15-fevralda u Angliya kubogining beshinchi bosqichida „Leicester City“ ustidan 2:1 hisobida qozonilgan gʻalabada „Aston Villa“ning birinchi golini kiritib, jamoasining chorak finalga yoʻl olishiga hissa qoʻshgan.

Reading 2017-yil 13-avgustda Bacuna „Reading“ klubiga oʻtib, toʻrt yillik shartnoma imzolagan. U yangi jamoasi safidagi ilk golini 2017-yil 22-avgust kuni Angliya kubogi doirasida „Millwall“ga qarshi uchrashuvda kiritgan.

Cardiff City 2019-yil 31-yanvarda Bacuna Angliya Premyer-ligasi vakili „Cardiff City“ klubiga taxminan 3 million funt sterling evaziga transfer qilinib, toʻrt yarim yillik shartnoma imzolagan. 2022-yil 10-iyunda klub Bacunaning 30-iyun kuni amaldagi shartnomasi yakunlangach, jamoani tark etishini eʼlon qilgan.

Watford 2022-yil 14-dekabrda Bacuna Chempionship vakili „Watford“ klubi bilan 2022–23-yilgi mavsum yakuniga qadar amal qiladigan shartnoma imzolagan. Iğdır FK 2026-yil 6-yanvarda Bacuna „Iğdır FK“ klubiga transfer qilinib, bir yarim yillik shartnoma imzolagan.

Statistikasi Klub

+KlubMavsumLigaMahalliy kuboklarLiga kubogiBoshqaUmumiyDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarGroningen2009–10Eredivisie20221—202432010–11Eredivisie24030—4<23122011–12Eredivisie32710—003372012–13Eredivisie33530—20385Umumiy1091491—7212517Aston Villa2013–14Angliya Premyer-ligasi3551020—3852014–15Angliya Premyer-ligasi1904110—2412015–16Angliya Premyer-ligasi3112020—3512016–17Championship3011000—3112017–18Championship1000000010Umumiy11678150001298Reading2017–18Championship3313021—3822018–19Championship2630020—283Umummiy6043041—665Cardiff City2018–19Angliya Premyer-ligasi1100000—1102019–20Championship4112000204512020–21Championship4121010—4322021–22Championship1510000—151Umumiy10942010201144Watford2022–23Championship1401000—150Groningen2023–24Eerste Divisie33150——3812024–25Eredivisie31421——335Umumiy64571——716Bandırmaspor2025–26TFF Birinchi Ligasi19600——196Iğdır FK2025–26TFF Birinchi Ligasi16330——193Karyerasidagi umumiy507433771019255849

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Kyurasaolik erkak futbolchilar Turkum:Niderlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:FC Groningen futbolchilari Turkum:Aston Villa F.C. futbolchilari Turkum:Reading F.C. futbolchilari Turkum:Cardiff City F.C. futbolchilari Turkum:Watford F.C. futbolchilari Turkum:Bandırmaspor futbolchilari Turkum:Iğdır F.K. futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Eerste Divisie futbolchilari Turkum:Eredivisie futbolchilari Turkum:Angliya futbol ligasi futbolchilari Turkum:TFF Birinchi Liga futbolchilari Turkum:Niderlandiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Uelsdagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Turkiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:2017-yilgi KONKAKAF oltin kubogi futbolchilari Turkum:2019-yilgi KONKAKAF oltin kubogi futbolchilari Turkum:2025-yilgi KONKAKAF oltin kubogi futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari