Augmentative and Alternative Communication — augmentativ va alternativ kommunikatsiya sohasiga ixtisoslashgan, taqrizdan oʻtkaziladigan ilmiy jurnal. U 1985-yilda tashkil etilgan boʻlib, Taylor & Francis nashriyoti tomonidan International Society for Augmentative and Alternative Communication nomidan nashr etiladi hamda mazkur tashkilotning rasmiy jurnali hisoblanadi. Jurnal har chorakda bir marta chop etiladi. Uning bosh muharriri Northeastern University professori Ralf Schlosser.
Journal Citation Reports maʼlumotlariga koʻra, jurnalning 2018-yildagi impakt-faktori 2,706 ni tashkil etgan.
Manbalar
Havolalar