Ali ibn Abdulhamid al-Gʻumuqiy (1878-yil — 1943-yil 21-dekabr) — dogʻistonlik islomiy ilohiyotchi va qomusiy olim, turli davrlarda sayohatchi, tarixchi, maʼrifatchi, jurnalist, siyosatchi, olim, qozi va etnograf sifatida faoliyat koʻrsatgan. Dogʻiston tarixidagi eng mashhur ziyolilardan biri boʻlgan al-Gʻumuqiy XX asr boshlarida mintaqadagi jadidchilik harakatining yetakchilaridan biri boʻlgan.
Zodagon oilada tugʻilgan al-Gʻumuqiy bir necha shayxlar qoʻlida tahsil olgach, ilmga qiziqishi ortgani sabab Astraxanga sayohat qilgan. Keyinchalik Misrda joylashgan Al-Azhar universitetida taʼlim olib, islomiy modernizm bilan yaqindan tanishgan. Al-Gʻumuqiy 1908-yildagi Yosh turklar inqilobi chogʻida Usmoniylar imperiyasidan badargʻa qilinib, Dogʻistonga qaytgan. Bu yerda „Jaridat Dogʻistan“ () gazetasining norasmiy muharriri sifatida faoliyat yuritgan hamda Shimoliy Kavkaz boʻylab jadidlar siyosatini yoyishni targʻib qilgan. Al-Gʻumuqiy Rus inqilobini qoʻllab-quvvatlagan va Dogʻistonning dastlabki kommunistik rahbariyatiga (koʻpchiligi uning shogirdlari boʻlgan) muhim taʼsir koʻrsatgan. U Buyuk qatagʻon chogʻida shogirdlarining lavozimdan olinishi vaqtida hibsga olinib surgun qilingan va 1943-yilda tif kasalligidan vafot etgan.
Yoshligi va taʼlimi Ali ibn Abdulhamid al-Gʻumuqiy 1878-yilda Gʻozi Gʻumuq qishlogʻida, zodagon etnik laklar () oilasida tugʻilgan. Al-Gʻumuqiylar oilasi oʻsha paytda qishloqdagi eng qadimiy oilalardan biri boʻlib, ular haqida ilk bor 1474-yilgi manbalarda tilga olingan. Alining otasi Dogʻiston janubida va Yelizavetpol guberniyasida faoliyat yuritgan qurolsoz boʻlib, 1884-yilda Ali yetti yoshdaligida, janjal vaqtidagi pichoqbozlik oqibatida halok boʻlgan. Otasining oʻlimidan soʻng Ali va akasi Ramazonni ammasi Najavat oʻz tarbiyasiga olgan. Oʻsha davr anʼanasiga koʻra Ali Gʻozi Gʻumuq bosh masjidi madrasasida tahsil olgan. U yerda oʻqishini tamomlagach, al-Gʻumuqiy Kavkaz va Usmoniylar imperiyasi boʻylab bir necha madrasalarda taʼlim olgan va umrining aksar qismi koʻchib oʻtishlar bilan oʻtgan. Bu davrda u arab tili, tafsir va shofi’iylik mazhabi fiqhi boʻyicha bilim olgan.
Al-Gʻumuqiy Dogʻistondagi bir necha mashhur shayxlarga shogird boʻlgan, u taʼlim olgan shayxlarning aniq soni nomaʼlum. Sogʻratllik shayx Ali al-Gʻumuqiyni yaxshi koʻrgani va uning taʼlim olishida muhim rol oʻynagani haqida maʼlumotlar mavjud. Al-Gʻumuqiy besh yil davomida uning uyida yashab, shayxning shaxsiy kutubxonasidan toʻliq foydalanish imkoniga ega boʻlgan. Shayx Alining oʻqishini toʻliq qoʻllab-quvvatlagan. Uning ilk ustozi shayx Gʻoziy ibn Sayyid Husayn uchun tayyorlagan birinchi yirik asari Muhammad Tohir al-Qaraxiyning „Barīq al-suyūf al-Dāgʻistāniyya fī baʿḍ gʻazavāt Shāmil“ () asarining nusxasi boʻlgan. Al-Gʻumuqiy asarni 1899-yilda yakunlab, Astraxandagi islom olimi Abdurahmon ibn Abduvahhobga topshirgan. Oradan koʻp oʻtmay Abdurahmon al-Gʻumuqiyni shahar madrasasida dars berish va tabiiy-ilmiy fanlarni oʻrganish uchun Astraxanga taklif qilgan. Al-Gʻumuqiy ham uning bu taklifini qabul qilgan.
Astraxandagi hayoti va Al-Azhardagi ta’limi Al-Gʻumuqiy 1899-yilda, yigirma yoshida Astraxanga kelgan. Tarixchi Vladimir Bobrovnikov atamasida bu davr uning „Astraxan davri“ boʻlib, aynan shu davrda u Kavkazdagi islom tarixini oʻrganishni boshlaganligi sababli, keyingi faoliyati uchun asos boʻlib xizmat qilgan. Al-Gʻumuqiyni oʻrta asrlarga qadar borib yetuvchi birlamchi manbalar qiziqtirar edi va u avvalgi ustozlarining kutubxonalarida unutilib yotgan bir necha manbalarni ommaga tanitgan. Shu davrda al-Gʻumuqiy atrofida sodiq shogirdlar guruhi shakllana boshladi, ularning koʻpchiligi (masalan, Muhammad-Said al-Avariy) keyinchalik oʻzlari ham olimlarga aylandilar.
1905-yilda al-Gʻumuqiy Astraxanni tark etib, oʻsha paytda Usmonli Misr xadivligi tarkibida boʻlgan Qohiraga, Al-Azhar universitetida tahsilini davom ettirish uchun yoʻl oldi. Al-G‘umuqiyning Al-Azhardagi faoliyati uzoq vaqt davomida bahsli mavzu bo‘lgan. Uning qoʻlyozmalari Sovet Ittifoqi parchalangach topilgandan keyingina bu boradagi ma’lumotlar oydinlasha boshlagan. Mashhur rivoyatlardan biriga ko‘ra, u bilim darajasi universitet dasturidan yuqori bo‘lgani uchun professor etib tayinlangan.
Al-Gʻumuqiy kelgan paytda Misr islom olami Nahda va islomiy modernizmning paydo boʻlishi tufayli jiddiy oʻzgarishlarni boshdan kechirayotgan edi. Misrlik modernistlar jamiyatni yanada rivojlantirish uchun Yevropa taʼlim modellarini qabul qilish zarur, deb hisoblagan Rossiyadagi musulmon ziyolilaridan farqli oʻlaroq, islomiy manbalar va fiqh asosida taʼlimni isloh qilish tarafdori boʻldilar. Qrim va Volga boʻyidan farqli ravishda, Shimoliy Kavkaz Usmonli imperiyasi va arab dunyosi bilan bevosita aloqalarga ega edi. Buning asosiy sabablaridan biri, o‘sha davrda mintaqada arab tili umumiy til sifatida qo‘llanilgan. Shu sababli Misr islomiy modernistlarining g‘oyalari Shimoliy Kavkazda islomiy modernizmning boshqa shakllariga qaraganda ko‘proq qiziqish uyg‘otdi.
Al-Gʻumuqiy 1907 yoki 1908-yilda ilmiy faoliyatini davom ettirish niyatida Konstantinopolga ketish uchun Al-Azharni tark etdi. Biroq u tez orada Yosh turklar inqilobi tarafdoriga aylanib, sulton Abdulhamid II hukmronligini josuslik, tazyiq va qoʻrquvga asoslangan zolimona boshqaruv deb qoraladi. Bunga javoban Usmonli hukumati al-Gʻumuqiyni hibsga olib, bir oy qamoqda saqlagach, uni Rossiyaga badargʻa qildi. Keyinchalik sovet tarixshunosligi asossiz tarzda uni Yosh turk inqilobchisi Mizancı Murat bilan aloqasi uchun surgun qilingan deb daʼvo qildi. Al-Gʻumuqiy Sovet Ittifoqi fuqarolari orasida Al-Azharni bitirgan soʻnggi kishilardan biri boʻldi va Turkiya hamda Misrdagi tajribasi uning keyingi mafkuraviy va ilohiy qarashlariga kuchli taʼsir koʻrsatdi.
Jadidchilik harakati va Jaridat Dogʻiston
Al-Gʻumuqiy Dogʻistonga qaytgan vaqtda, jadidchilik harakati oʻsib borayotgan edi. Jadidlar Muhammad va uning sahobalari targʻib etgan islomga qaytish bilan birga, Rossiya mustamlakachiligiga barham berish uchun Yevropa texnik yutuqlarini qabul qilishni yoqlab chiqdilar. Ular odatda madrasalarda arab tili oʻrniga mahalliy tilda dars oʻtish tizimini, shuningdek taʼlim jarayonida partalar va doskalardan foydalanishni joriy etish taklifini berar edilar.
Al-Gʻumuqiy boshqa koʻplab jadidlarga oʻxshash tarzda Dogʻistondagi taʼlim ahvoli uchun qashshoqlik, eʼtiborsizlik va arab tilini majburiy oʻqitishni ayblar edi. U murakkab arab grammatikasi va sintaksisini oʻrganish oʻquvchilarga oʻqishning boshidayoq majburiy qilinib, ularning oʻn yillar davomida arab tilini oʻrganishi kutilgani, ammo oʻqishdagi qiyinchiliklar sabab, oʻquvchilarning koʻplari oʻqishni tashlab ketishini qayd etgan. Al-Gʻumuqiy buning oʻrniga talabalarga avval ona tillarida sodda arab tili oʻrgatilishi, keyin esa arab grammatikasining murakkab qismlariga oʻtilishini taklif qildi. U madrasalar oʻquv dasturiga tabiiy-ilmiy fanlarni kiritishni yoqladi va mahalliy islom ilohiyotchilarini koʻp bora tanqid qildi.
Al-Gʻumuqiyning taklif etgan islohotlari oʻsha paytda bahsli edi, konservativroq qarashdagi kishilar arab tilining ahamiyatini kamaytirish axloqiy inqiroz va islomning susayishiga olib keladi, deb hisobladilar. Boshqa, erkinroq fikrlaydigan olimlar esa, Rossiyaning boshqa qismlaridagi jadidlar namunasidan kelib chiqib, al-Gʻumuqiyning „misriy modeli“ islomni haddan tashqari qatʼiy talqin qilayotganini va Yevropa taʼlim yoʻnalishini yanada kengroq oʻzlashtirish lozimligini taʼkidladilar. Al-Gʻumuqiy atrofida sodiq izdoshlar guruhi shakllandi, ularga shayxlar Muhammad Aburrashid al-Qarakoniy, Mas’ud al-Muqoqiy, Muhammad Umariy al-Uqliy kirgan. 1908-yilda u Terek viloyatidagi qishlogʻida madrasa ochdi, soʻngra Dogʻistonning Temir-Xon-Shura (hozirgi Buynaksk, 1913) va Gʻozi Gʻumuq (1918) qishloqlarida yana ikkita madrasa tashkil etdi. Muallim sifatida al-Gʻumuqiy Shimoliy Kavkaz boʻylab talabalarni oʻqishga jalb qildi. Gʻozi Gʻumuq madrasasida faoliyat yuritgan paytda uning 300 nafar talabadan iborat jamoasi shakllangandi. Al-Gʻumuqiyning birinchi kitobi VIII–XIX asrlardagi Dogʻiston tarixiga bagʻishlangan al-Hikoyat al-Moziya 1910-yilda Muhammad-Mirzo Mavrayev tomonidan nashr etildi. Shu bilan ikki odam oʻrtasidagi umrbod siyosiy va ishbilarmonlik hamkorligi boshlandi.
() gazetasi 1913-yil yanvar oyida Dogʻistondagi rus mustamlakachi maʼmuriyatining matbuot nashri sifatida faoliyat boshladi. Rossiya hukumati niyatlariga qaramay, gazeta tez orada gʻarbda Cherkesiyagacha boʻlgan hududdagi musulmon ziyolilari minbariga aylandi. Al-Gʻumuqiy Jaridat Dogʻistonning de-fakto muharriri edi va unda oʻz islohotchi qarashlarini muntazam himoya qilib bordi. U shofi’iy mazhabiga mansublar orasida ijtihodni qayta jonlantirishni qoʻllab-quvvatladi va gazeta orqali Shimoliy Kavkaz boʻylab jadidchilik gʻoyalarini targʻib qildi.
Bu davrda al-Gʻumuqiy, misrlik islomiy modernist Jamoliddin Afgʻoniy taʼsirida, ayollar aqliy jihatdan erkaklar bilan teng boʻlolmaydi va „erkaklar ayollarning qavvomidir (homiyidir)“ degan bayonot tez orada ilmiy tarzda isbotlanadi, degan fikrni ilgari surdi. Shu bilan birga, u erkaklar „ayollardan asir, qul va xizmatkor sifatida foydalangan va hanuz foydalanmoqda“ deb afsuslanar, usmonli feministlarini esa maqtardi. Dogʻistondagi koʻplab jadidlar singari, al-Gʻumuqiy ham taʼlimni isloh qilishda bolalarni tarbiyalovchi onalar sifatida ayollarning salmoqli hissa qoʻsha olishiga ishongan va 1916-yilda ayollarga tabiiy-ilmiy fanlarni oʻrgatish ijobiy hol ekanini yozgan.
Al-Gʻumuqiy Kavkaz urushi va undan keyingi cherkes qirgʻinidan soʻng, Kavkazni rus hukmronligidan ozod etish uchun qurolli kurash olib borishga qarshi chiqqani sababli ham oʻsha davr ziyolilari orasida bahsli shaxsga aylangan edi. U Muhammadning ham hijratdan keyin jihod boshlab, „vaqtidan oldin“ jihod eʼlon qilish musulmonlarning behuda oʻlimiga olib kelardi, degan soʻzlariga ishora qilgan. U faqat Rossiyaning oʻzida boʻlib oʻtadigan inqilobgina mustamlakachilikka barham bera oladi, deb hisoblagan.
Inqilob va sovet hukmronligi
Al-Gʻumuqiy boshqa koʻpgina musulmonlar singari Fevral inqilobini qoʻllab-quvvatladi va Jaridat Dogʻistonda shunday yozgan:
Inqilob vaqtida al-Gʻumuqiy olim sifatida etirof etilar edi. Shimoliy Kavkaz Togʻliklari Respublikasi Rossiyadan mustaqillikka erishgach, u Dogʻiston viloyat qoʻmitasi uchun oʻtkazilgan saylovlarda muvaffaqiyat qozondi va 1918-yil yanvarida viloyatning Ijroiya qoʻmitasiga ham saylandi. Bu orada Rossiya fuqarolar urushi Shimoliy Kavkazga kirib kelayotgan edi. Ullu-biy Buynakskiyning Port-Petrovskiy (hozirgi Mahachqalʼa) shahridagi soveti Qizil gvardiya qismlarini tuzib, mahalliy burjuaziyani taʼqib qila boshladi. Shu paytda Gotsolik Najmuddin mahalliy musulmonlar orasida nufuzli unvon hisoblangan boʻlishga harakat qildi. Al-Gʻumuqiy kommunistlar Jaloliddin Qoʻrqmasov va bilan birgalikda Najmuddinning urinishlarini noqonuniy va asossiz, deb qoraladi.
Al-Gʻumuqiy 1918-yil martida chogʻida Jaridat Dogʻiston tahririyatini yopdi va Dogʻiston poytaxti Temir-Xon-Shuradan Gʻozi Gʻumuqqa qochib ketdi. Shundan keyin ham al-Gʻumuqiy ilmiy hamjamiyatdagi faolligini yoʻqotmagan holda mintaqaning taniqli olimlari bilan aloqalarini saqlab qoldi. va undan keyingi uni siyosatdan chekinishga undadi va u 1918-yildan Gʻozi Gʻumuqdagi shariat sudida qozi boʻlib xizmat qildi.