Makkai Mukarrama kutubxonasi () — Makkadagi Masjid al-Haram yaqinidagi kutubxona boʻlib, u Saudiya Arabistonida joylashgan. Islom paygʻambari Muhammadning tugʻilgan joyida qurilgani deb ishonilgani uchun, u Bayt al-Mavlid (; soʻzma-soʻz: Tavallud uyi) nomi bilan ham tanilgan.

Tarixi

Islomiy davr

Omina binti Vahb Rabiulavval oyida Muhammadni taxminan hijratdan 53 yil avval yoki milodiy 570-yilda dunyoga keltirganiga ishoniladi. Uning eri Abdulloh ibn Abdulmuttalib esa bu voqeaga uch yoki olti oy qolganda vafot etgan edi.

Zamonaviy davr

Katta ulamolar bilan maslahatlashgach, Saudiya Arabistonining asoschi qiroli Abdulaziz ibn Abdurahmon as-Saud Muhammadning tugʻilgan joyi ustida mazkur kutubxonani qurdirdi.

Yana qarang Tavallud cherkovi — Iso (Iisus Xristos)ning tugʻilgan joyi Muhammadning shajarasi Muhammad qabrining ustidagi Yashil gumbaz

Manbalar

Turkum:Saudiya Arabistonidagi kutubxonalar