Jorge Casado Rodríguez (1989-yil 26-iyunda tugʻilgan) Guadalajara jamoasida chap qanot himoyachisi ampluasida toʻp suradigan ispaniyalik professional futbolchi.

Klubdagi faoliyati Casado Madridda tugʻilib, 11 yoshida mahalliy Rayo Vallecano jamoasining yoshlar jamoasiga qoʻshiladi hamda klubning turli xil yosh toifasidagi jamoalarida maydonga tushadi. Oʻzining kattalar oʻrtasidagi ilk oʻyinini Rayo Vallecano jamoasining zahira jamoasida boshlaydi va jamoa bilan Tercera Divisiónda toʻliq ikki mavsumni oʻtkazadi.

2010-yil tozida Casado qoʻshni Real Madridning Segunda División Bdagi B jamoasi bilan shartnoma imzolaydi. U oʻsha darajada ham, Segunda Divisiónda ham jamoa sharafini himoya qilgan — deyarli har doim asosiy tarkibda — va bu musobaqada ilk bor 2012–2013-yilgi mavsumda maydonga tushganJorge Casado reaches 75 appearances for Castilla ; Real Madrid CF, 29 October 2012.

Casado Real Madridning asosiy jamoasi tarkibida 2011-yilning 20-dekabrida Copa del Reyning 1/32 final bahsida SD Ponferradina jamoasiga qarshi 5-1 hisobida yakunlangan (ikki oʻyin natijasiga koʻra 7-1) oʻyinda oʻtkazgan va 70 daqiqa maydonda harakat qilganCasado: „Es uno de los días más felices de mi vida“ (Casado: „This is one of the happiest days of my life“) ; Real Madrid CF, 20 December 2011 (in Spanish)El Madrid ficha hacia octavos (Madrid sign last-16); Marca, 20 December 2011 (in Spanish). U oʻzining ilk professional golini 2012-yil 8-oktyabrda Hércules CF jamoasiga qarshi 4-2 hisobi bilan gʻalaba qozongan oʻyinda hamda ushbu oʻyinda Castilla jamoasining ikkinchi golini kiritganEl Castilla enseña el abismo a Mandiá (Castilla show the pit to Mandiá); Marca, 8 October 2012 (in Spanish).

8-iyul 2014-yilda Casado 2013-2014-yilgi mavsumda Ikkinchi divizionga tushib ketgan Real Betis jamoasi bilan ikki yillik kelishuvga rozi boʻladiEl Real Betis incorpora al lateral izquierdo Jorge Casado (Real Betis add left back Jorge Casado); Real Betis, 4 July 2014 (in Spanish). Shartnomasini keyingi yilning 15-iyulida bekor qiladi va 5 kundan keyin ushbu liganing boshqa jamoasi Ponferradina jamoasiga qoʻshiladiCasado terminates his contract with Real Betis ; Real Betis, 15 July 2015Jorge Casado llega a El Toralín (Jorge Casado arrives at El Toralín) ; SD Ponferradina, 20 July 2015 (in Spanish).

2016-yil 8-iyulda Casado Ikkinchi divizionning Real Zaragoza jamoasi bilan shartnoma imzolaydiJorge Casado, nuevo jugador del Real Zaragoza (Jorge Casado, new player of Real Zaragoza); Real Zaragoza, 8 July 2016 (in Spanish). Keyingi yilning 6-iyul sanasida Gretsiya Super Ligasining Xanthi FC jamoasi bilan shartnoma tuzgandan keyin, faoliyatida ilk bor chetga yoʻl oladiJorge Casado se va al Xanthi griego (Jorge Casado goes to Greeceʼs Xanthi); Marca, 6 July 2017 (in Spanish). Oʻz debyutini mavsumning ochilish oʻyinida PAS Lamia 1964 jamoasiga qarshi oʻz uyida 0-0 hisobi bilan durrang boʻlgan oʻyinda oʻtkazgan. Musobaqadagi ilk golini 29-aprel 2018-yilda mezbonlar 1-0 hisobida Athlitiki Esoni Larissa F.C. jamoasini yengishganda kiritgan.

Casado Xanthi FC Arenani 2018-2019-yilgi mavsum yakunida tark etadi, lekin 1-yanvar 2020-yilda yangi shartnoma bilan qaytib keldi. 2020-yilning 16-avgustda Ispaniyaga qaytgan, 31-yoshida Segunda División B jamoasi CF Rayo Majadahonda jamoasiga qoʻshilgan.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Rayo Vallecano B futbolchilari Turkum:Real Madrid Castilla futbolchilari Turkum:Real Madrid CF futbolchilari Turkum:Real Betis futbolchilari Turkum:SD Ponferradina futbolchilari Turkum:Real Zaragoza futbolchilari