Ar-Riyoddagi muzeylar tarkibiga Ar-Riyod viloyatidagi tarix, sanʼat, meros va texnologiya muzeylari kiradi.
Milliy muzey
Milliy muzey 1999-yilda ochilgan boʻlib, Saudiya anʼanalarini va zamonaviy arxitekturani uygʻunlashtirgan yirik milliy muzey hisoblanadi. U Arabistonning tarixiy va madaniy hikoyasini hamda Qirollikning rivojlanish va oʻsish bosqichlarini bayon qiladi. Shuning uchun u Ar-Riyoddagi eng muhim sayyohlik maskanlaridan biri hisoblanadi Jonathan M. Bloom; Sheila Blair (2009). The Grove Encyclopedia of Islamic Art and Architecture: Delhi to Mosque. Oxford University Press. p. 2. . Retrieved 22 July 2013..
Inson va Koinot zali Bu zalning maydoni 1500 kvadrat metr. Unda inson, sayyora, Yer, qitʼalarning harakati, togʻ jinslari va minerallar, Arabistonda mavjud boʻlgan yoʻqolib ketgan hayvonlar va boshqa narsalar namoyish etiladi.
Arab mamluklari zali Bu zalning maydoni 1500 kvadrat metr. Unda arab mamluklarining paydo boʻlish davri va Arabistonning islom davrigacha boʻlgan savdo faoliyati yoritilib, miloddan avvalgi 4-ming yillikdan milodiy 4-asr oxirigacha boʻlgan davr aks ettiriladi.
Islomgacha boʻlgan davr zali Bu zalning maydoni 500 kvadrat metr boʻlib, milodiy 400-yildan Paygʻambar alayhissalomning nubuvvatga kelishlarigacha boʻlgan davrni ifodalaydi.
Paygʻambar nubuvvati zali Bu zalning maydoni 350 kvadrat metr boʻlib, islomning boshlanishidan uning yoyilishigacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi.
Islom va Paygʻambar hijrati zali Bu zalning maydoni 1200 kvadrat metr boʻlib, islomning dastlabki yillaridan Usmonlilar davrigacha boʻlgan davrni qamrab oladi va olti boʻlimga boʻlingan.
Ikki Saudiya davlati zali Bu zal birinchi va ikkinchi Saudiya davlatlarini namoyish etadi.
Qirollikning birlashtirilishi zali Bu zalning maydoni 1200 kvadrat metr. Unda sobiq qirol Abdulaziz Os-Saud tomonidan tashkil etilgan uchinchi Saudiya davlatining paydo boʻlish davri aks ettiriladi.
Haj va Haramayni sharifayn zali Bu zalning maydoni 800 kvadrat metr. Unda Haj va unga oid barcha marosimlar hamda ular bilan bogʻliq masalalar ifodalanadi va u besh boʻlimdan iborat.
Arxeologiya muzeyi (Qirol Saud universiteti) Ushbu muzey Qirol Saud universitetida, adabiyot fakulteti binosining birinchi qavatida joylashgan. Unda Saudiya Arabistoni Qirolligi hududida oʻtkazilgan qazishmalar natijasida topilgan qadimiy yodgorliklar saqlanadi.
Pul muzeyi
SAMA Pul muzeyi — Saudiya Arabistoni Markaziy banki tarkibidagi ixtisoslashgan tarixiy va madaniy muzeydir. Ekspozitsiyalarda qadimgi tangalar, islomgacha boʻlgan davr pullari va zamonaviy valyutalar namoyish etiladi.
Muzeyda, shuningdek, banknot va tangalar qanday ishlab chiqarilishi haqida koʻrgazmalar mavjud.
Al-Masmak saroyi muzeyi
Al-Masmak saroyi umuman olganda qirollik, xususan Ar-Riyod tarixida muhim oʻrin egallaydi. Uning qurilishi hikoyasi 1282-hijriy / 1865-milodiy yilda imom Abdulloh ibn Faysal ibn Turkiy Os-Saud davriga borib taqaladi. Bu qalʼa Ar-Riyod shahrining markazida joylashgan katta qoʻrgʻonning bir qismidir. Shuningdek, u 1319-hijriy / 1902-milodiy yilda Saudiya Arabistoni Qirolligini birlashtirishni boshlagan qirolning ilk qadami boʻlgan. U ikki yil davomida oʻq-dori va qurollar ombori sifatida foydalanilgan, keyin qamoqxona, undan soʻng esa Ar-Riyod markazidagi madaniy meros yodgorligiga aylantirilgan. 1400-hijriy / 1980-milodiy yilda qirol Salmon ibn Abdulaziz Os-Saud muzeyni restavratsiya qilishni buyurdi va 1416-hijriy / 1995-milodiy yilda u muzey sifatida ochildi. Muzeyda suratlar, xaritalar, haykallar, ayrim qadimiy qurollar, meros buyumlari va audiovizual koʻrgazma zali mavjud. Al-Masmak soʻzi qalin, baland va mustahkam inshoot maʼnosini anglatadi „Historic Riyadh“. Simbacom. Archived from the original on 19 June 2013. Retrieved 22 July 2013..
Zallarga quyidagilar kiradi:
Asosiy hovli Ar-Riyod (uni qaytarib olish vaqti) Al-Masmakni egallab olish Ar-Ravd Tarixiy Ar-Riyod Al-Masmak saroyi Al-Masmakdan foydalanishlar Soʻnggi zal Quduq hovlisi vaqtinchalik koʻrgazmalar
Xususiyatlariga quyidagilar kiradi:
Darvoza Masjid Majlis (qabulxonasi) Quduq Minora (burjlar)
Saqr Al-jazira aviatsiya muzeyi
Bu muzey aviatsiya bilan bogʻliq muzeylardan biridir. U Saudiya Arabistoni qirollik harbiy-havo kuchlarining qirol Abdulaziz davrida tashkil topganidan boshlab hozirgi kungacha boʻlgan rivojlanish tarixini hikoya qiluvchi havo muzeyidir. Muzey Mudofaa vazirligiga qarashli. 1419-hijriy / 1999-milodiy yilda Saqr Aljazeera aviatsiya muzeyi shahzoda Abdulloh ibn Abdulaziz homiyligida Ar-Riyod shahrining zabt etilishining yuz yilligi munosabati bilan ochilgan. Shundan beri bu yerda rasmiy delegatsiyalar, mehmonlar va rasmiy tashrif buyuruvchilar qabul qilinadiArchived at Ghostarchive and the Wayback Machine: .
Maqsadlar Saudiya Arabistoni qirollik harbiy-havo kuchlarini barpo etish va rivojlantirish yoʻlidagi hukmdorlar, qoʻmondonlar va masʼullarning saʼy-harakatlarini hujjatlashtirish va yoritish, shuningdek uni maxsus havo kuchlari xodimlari, umuman qurolli kuchlar, fuqarolar va tashrif buyuruvchilarni oʻqitishda qoʻllash. Yoshlarni eksponatlar hamda taʼlim va hordiq vositalari orqali aviatsiya va kosmik fanlar haqida oʻylashga undash.
Ekspozitsiyalar Muzeyda quyidagilar mavjud:
Qadimgi va zamonaviy samolyotlar hamda qurollarni oʻz ichiga olgan yopiq koʻrgazma zallari. Keng samolyotlar toʻplami, kolleksiyalar, fotosuratlar va tarixiy hujjatlar. Koinot burchagi, unda kosmik parvozlar uchun moʻljallangan qurilmalarga oʻxshash jihoz joylashgan. Hujjatli va tarixiy filmlar koʻrsatiladigan kabinalar. Samolyotlar asl oʻlchamlarida, shuningdek yirik texnik uskunalar namoyish etiladigan ochiq maydon.
Yana qarang Saudiya Arabistonidagi muzeylar
Manbalar