Chingiz Maharram oʻgʻli Mustafayev (; 1991-yil 11-martda tugʻilgan) — ozarbayjonlik xonanda, qoʻshiqnavis va gitarachi. U „Truth“ qoʻshigʻi bilan Ozarbayjon nomidan „Eurovision–2019“ tanlovida ishtirok etgan va yakunda sakkizinchi oʻrinni egallagan.
Yoshligi Chingiz Maharram oʻgʻli Mustafayev Rossiyaning Moskva shahrida tugʻilgan. U olti yoshida ota-onasining vatani boʻlgan Ozarbayjonning Qazax shahriga koʻchib oʻtgan. Mustafayev yoshligidan gitara chalishni oʻrgangan va hali bolalik chogʻidayoq oʻz qoʻshiqlarini bastalay boshlagan.
Karyerasi Chingiz Mustafayev 13 yoshida onasi va ukasi bilan birga Baku shahriga koʻchib oʻtgan va u yerda 2007-yilda „Pop Idol“ tanlovining ozarbayjoncha versiyasida ishtirok etgan. U mazkur tanlovda gʻolib chiqib, tez orada Ozarbayjon musiqa sanoatida mashhurlikka erishgan. 2013-yilda u Latviyaning Jūrmala shahrida oʻtkazilgan „New Wave“ tanlovida Ozarbayjon nomidan ishtirok etib, umumiy hisobda 11-oʻrinni egallagan hamda Polina Gagarina bilan birgalikda sahnaga chiqqan. 2016-yilda u „The Voice of Ukraine“ koʻrsatuvining 6-mavsumida ishtirok etgan, biroq batl raundida musobaqadan chiqib ketgan. Shundan soʻng Chingiz oʻzining Palmas guruhi bilan ijod qilgan. Ushbu loyiha anʼanaviy ozarbayjon va turk folklorini flamenko gitara, rok va pop elementlari bilan uygʻunlashtirgan. 2019-yil boshida u „Tənha gəzən“ singlini chiqargan.
Chingiz Mustafayev 2019-yil 8-martda Ozarbayjon nomidan „Eurovision–2019“ tanlovida „Truth“ qoʻshigʻi bilan ishtirok etishi tasdiqlangan. U 16-may kuni Isroilning Tel Aviv shahrida boʻlib oʻtgan ikkinchi yarim finalda 18-chi boʻlib chiqish qilgan. U 224 ball bilan 5-oʻrinni egallab, grand finalga yoʻl olgan. 18-may kuni oʻtkazilgan final bosqichida u 26 ishtirokchi orasida 302 ball bilan 8-oʻrinni egallagan. 2019-yil may oyida Chingiz Ukrainaning NVRMIND jurnalining sakkizinchi soni uchun fotosessiyada ishtirok etgan.
Diskografiyasi
Singllari Nomi Yil Chartdagi eng yuqori natijasi Albom SCO SWE SWI UKDown. „Qürbət“ 2018 — — — — Albomdan joy olmagan „Get“ — — — — „Tənha gəzən“ 2019 — — — — „Truth“ 49 91 43 35 „Bir sözlə“ — — — — „Güven bana“ 2020 — — — — „From Past to Present“ — — — — „Xilaskar“ (Farid Aqa bilan) — — — — „Dayan zaman“ — — — — „Can-Can“ — — — — „Qarabağ“ — — — — „Gülzar istərəm“ 2021 — — — — „Dəyməz“ — — — — „Yenə mənəm“ — — — — „Ay qız“ 2022 — — — — „Vay vay“ — — — — „Beni benden alan“ 2023 — — — — „Gözümün bəbəyi“ — — — — „Söz“ — — — — „“ 2024 — — — — „“ — — — —
Manbalar
Turkum:Moskvada tugʻilganlar Turkum:Ozarbayjon Eurovision ishtirokchilari Turkum:Yashayotgan insonlar