Olta Boka (1991-yil 13-sentyabrda tugʻilgan) — albaniyalik xonanda. U „Festivali i Këngës 46“ tanlovida gʻolib chiqqach, „Zemrën e lamë peng“ qoʻshigʻi bilan Albaniya nomidan „Eurovision–2008“ qoʻshiq tanlovida ishtirok etgan.

Karyerasi Olta Boka Albaniyaning Tirana shahrida tugʻilgan. U yoshligidan qoʻshiq kuylash bilan shugʻullana boshlagan. Olta „Gjeniu i vogël“ isteʼdodlar tanlovida ishtirok etib, eng yaxshi ijrochi mukofotini qoʻlga kiritgan. Shuningdek, u „Ethet e së premtes mbrëma“ („Idol“ning albanchadagi talqini) koʻrsatuvida ham qatnashgan.

Olta Boka 2007-yilda „Festivali i Këngës“ tanlovida gʻolib chiqqach, keng shuhrat qozongan. Ushbu gʻalaba unga keyingi yili Albaniya nomidan „Eurovision“ qoʻshiq tanlovida ishtirok etish huquqini bergan. Olta 22-may kuni oʻtkazilgan ikkinchi yarim finalda qatnashib, 24-maydagi final bosqichiga yoʻllanma olgan. Finalda esa 25 ishtirokchi orasida 55 ball bilan 17-oʻrinni egallagan. U „Eurovision“ qoʻshiq tanlovida Albaniya nomidan ishtirok etgan eng yosh xonanda hisoblanadi.

Olta Boka nufuzli „Kënga Magjike“ musiqiy tanlovida bir necha mukofotlarga sazovor boʻlgan. Shuningdek, u „Top Fest 11“ tanlovida „Top Albania Radio mukofoti“ni qoʻlga kiritgan. 2013-yilda Boka „Notre Dame de Paris“ myuziklining albanchadagi talqinida Esmeralda rolini ijro etgan. Bir yil oʻtib, u „Dance With Me“ raqs tanlovida ishtirok etib, aktyor Devis Muka bilan birgalikda toʻrtta mukofotni qoʻlga kiritgan.

Diskografiyasi 2001: Të dy prindërit i dua 2007: Zemrën e lamë peng 2009: S’duhet të dua 2009: Jepu me zemër 2010: Mbete një brengë 2011: Anna 2013: E fundit tango 2014: Ti më ke mua (ft. Erik Lloshi) 2014: Parfumi i tij 2016: Rri edhe pak 2017: Atij/asaj (ft. Stiv Boka)

Mukofotlar

Kënga Magjike

||2009 ||"Jepu me zemër" |AMC Prize

||2010 ||"Mbete një brengë" |Best Ballad

||2011 ||"Anna" |AMC Prize

||2013 ||"E fundit tango" |Best Performance

Top Fest

||2014 ||"Ti më ke mua" (ft. Erik Lloshi) |Top Albania Radio Award

Manbalar

Havolalar Olta Boka zbulon problemin shëndetësor nga i cili vuan (Albanchada). 2023-yil 31-avgust

Turkum:Tiranada tugʻilganlar Turkum:Eurovision ishtirokchilari Turkum:Yashayotgan insonlar