Marija Šestić (; 1987-yil 5-mayda tugʻilgan) — bosniyalik serb xonandasi va musiqachisi.

U Bosniya va Gersegovina nomidan Helsinki shahrida oʻtkazilgan „Eurovision–2007“ tanlovida ishtirok etgani bilan mashhur. Šestić tanlovda „Rijeka bez imena“ („Nomsiz daryo“) qoʻshigʻini ijro etib, 106 ball toʻplagan va 24 ishtirokchi orasida 11-oʻrinni egallagan.

Karyerasi Kasbi boʻyicha pianinochi boʻlgan Marija Šestić mahalliy musiqa festivallarida yuqori natijalarga erishgan. Shuningdek, u sobiq Yugoslaviya hududidan MTV Europeda chiqish qilgan ilk ijrochi boʻlish imkoniyatiga ega boʻlgan.

Marija 2005-yilda ham „Eurovision“ qoʻshiq tanloviga yoʻllanma olish uchun harakat qilib koʻrgan. U „In This World“ qoʻshigʻi bilan milliy saralashda ishtirok etib, munosib tarzda toʻrtinchi oʻrinni egallagan.

Shaxsiy hayoti Šestićning otasi Dušan Šestić ham musiqachi hisoblanadi. U Bosniya va Gersegovina davlat madhiyasining bastakori sifatida tanilgan.

Manbalar

Havolalar

Video of song „Rijeka bez imena“

Turkum:Banya-lukada tugʻilganlar Turkum:Eurovision ishtirokchilari