Ruslana Stepanivna Lyzhychko (ukraincha: Ruslana Stepanіvna Lijichko; 1973-yil 24-mayda tugʻilgan) — shunchaki Ruslana nomi bilan tanilgan ukrainalik qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis, produser, jamoat faoli va sobiq siyosatchiRuslana — Biografiya . U World Music Award va Eurovision qoʻshiq tanlovi 2004 gʻolibi hamda Ukraina xalq artisti unvoni sohibasidireurovision.tv. Results of the Eurovision Song Contest 2004 . U, shuningdek, „Bizning Ukraina“ partiyasidan Ukraina parlamenti deputati sifatida faoliyat yuritgan sobiq parlament aʼzosidir. Ruslana 2004–2005-yillarda UNICEFning Ukrainadagi ezgu niyat elchisi boʻlgan. U xalqaro miqyosda Ukrainaning eng muvaffaqiyatli yakkaxon ayol xonandasi sifatida tan olingan hamda Forbes jurnali talqiniga koʻra 2013-yilning eng nufuzli 10 nafar ayoli roʻyxatiga kiritilgan. 2014-yil mart oyida AQSh Davlat kotibi uni Xalqaro jasoratli ayollar mukofoti bilan taqdirlagan. U oʻzi tugʻilib oʻsgan Lviv shahrining faxriy fuqarosi deb eʼlon qilingan hamda Ukraina Qahramoni unvoniga nomzod qilib koʻrsatilgan.

Ruslana oʻz qoʻshiqlari hamda musiqiy kliplari uchun oʻzi matn yozadi, musiqa bastalaydi va prodyuserlik qiladi. U 1995-yil 28-dekabrdan buyon ukrainalik ovoz yozish prodyuseri Oleksandr Ksenofontov bilan turmush qurgan. Ular 1993-yildan buyon radio hamda filmlar uchun treylerlar tayyorlovchi „Luxen Studio“ kompaniyasiga birgalikda rahbarlik qilib kelishadi.

Ruslana sobiq Sovet Ittifoqi davlatlari orasidan rasman „platina disk“ olgan ilk ijodkor hisoblanadi. Uning „Dyki tantsi“ albomi sotuvga chiqqandan boshlab dastlabki 100 kun ichida 170 1000 dan ortiq nusxada sotilgan. Mazkur albom oʻzining inglizcha versiyasi bilan bir qatorda bugungi kungacha eng koʻp sotilgan ukrain albomi hisoblanadi. Uning Ukrainaning oʻzida 500 mingdan ortiq nusxasi sotilgan.

U 2004-yilda „Wild Dances“ qoʻshigʻi bilan Eurovision qoʻshiq tanlovida gʻolib chiqqan va 280 ball jamgʻargan. Bu koʻrsatkich oʻsha davr uchun rekord natija edi. Gʻalabasidan soʻng u Yevropada shuhrat qozondi va qitʼaning sharqiy qismidan chiqqan eng mashhur pop yulduzlaridan biriga aylandi. Uning gʻoliblik keltirgan „Wild Dances“ qoʻshigʻi 97 hafta davomida Yevropa xit-paradlarida yetakchilik qildi va Belgiyada ketma-ket 10 hafta davomida birinchi oʻrinni egallab turdi. Uning Eurovisionda gʻolib boʻlgan qoʻshigʻi tanlovning 60 yilligi munosabati bilan chiqarilgan „The Very Best of Eurovision“ nomli rasmiy jamlanma albomiga kiritilgan.

Xonandaning repertuari asosan ukrain va ingliz tillaridagi qoʻshiqlardan iborat boʻlsa-da, u ispan hamda lotin tillarida ham kaver versiyalarni yozgan.

Yoshligi Ruslana Stepanivna Lyzhychko 1973-yil 24-mayda Sovet Ittifoqi tarkibidagi Ukraina Sovet Sotsialistik Respublikasining Lviv shahrida tugʻilgan. Uning otasi Stepan Lyzhychko — ukrain-hutsul, onasi Nina Sapegina esa kelib chiqishi polyak-litvalik boʻlgan rus millatiga mansub. Onasi Ninaning undovi bilan Ruslana toʻrt yoshidan boshlab eksperimental musiqa maktabida tahsil olgan hamda turli guruhlar, jumladan, „Horizon“ vokal-instrumental ansambli, „Orion“ guruhi va „Usmishka“ (Smile) bolalar ansamblida qoʻshiq kuylagan. Ruslana „Usmishka“ ansambli tarkibida 1989-yilda „Druzhba“ stadionida boʻlib oʻtgan yirik konsertda qatnashgan. Ukraina SSSR xalq artisti Vasyl Zinkevych mazkur konsertning asosiy ijrochilaridan biri boʻlib, u Ruslananing iqtidoriga eʼtibor qaratgan. Konsert yakunida Zinkevych uni sahnaga taklif qilgan va 15 ming tomoshabin qarshisida shunday degan: „Ushbu yosh xonandani, yurtdoshingizni eslab qoling. Koʻrasiz: u albatta haqiqiy yulduzga aylanadi“. Stepan va Nina 1991-yilda ajrashishgan. Oʻrta maktabni tamomlagach, Ruslana Lviv konservatoriyasiga oʻqishga kirgan va 1995-yilda ushbu dargohni klassik fortepiano hamda simfonik orkestr dirijyori mutaxassisligi boʻyicha bitirgan.

Musiqiy faoliyati Ilk faoliyati Ruslana oʻz faoliyatini 1996-yilda Belarusning Vitebsk shahrida boʻlib oʻtgan „Slavianski Bazaar“ qoʻshiq tanlovida „Oj, letili dyki husi“ taronasi bilan gʻoliblikni qoʻlga kiritishdan boshlagan. Shu yilning oʻzida u „Ukrainaning yil qoʻshiqchisi“ mukofoti nominantlari qatoridan joy oldi, uning „Dzvinkyi Viter“ („Shamol qoʻngʻiroqlari“) taronasiga ishlangan klipi esa „Yil musiqiy videosi“ nominatsiyasida gʻolib deb topildi. Faoliyatining ilk yillaridanoq Ruslanaga Oleksandr Ksenofontov produserlik qilgan boʻlib, xonanda u bilan 1995-yilda turmush qurgan.

1997-yilda Ruslana butun Ukraina miqyosidagi birinchi L’viv Rojdestvo televizion loyihasi boʻlgan „Christmas with Ruslana“ ustida ishlashni boshlagan. Mazkur loyihaga kiritilgan „Ballad of a Princess“ musiqiy video tasviri ukrainalik xonanda tomonidan yaratilgan ilk animatsion klip hisoblanadi. Uning 1998-yilda chiqarilgan birinchi albomi Myt Vesny — Dzvinkyi Viter („Bahor lahzasi — Shamol qoʻngʻiroqlari“) tanqidchilar tomonidan yuqori baholangan.

Shunday boʻlsa-da, xonandaga kengroq eʼtirof 1998-yilda ijro etilgan „Svitanok“ („Tong“) taronasi hamda „Mytʼ Vesny — Dzvinkyj Viter Live“ albomi orqali kelgan. „Svitanok“ Ukrainadagi birinchi yirik budjetli musiqiy video klip boʻlgan. 1998-yilda Ruslana „Yil odami“ mukofotiga loyiq koʻrilgan, „Svitanok“ taronasi „Yil qoʻshigʻi“, unga ishlangan klip esa „Yil musiqiy videosi“ nominatsiyasida gʻolib deb topilgan. 1998-yilning ikkinchi yarmida u Gʻarbiy Ukrainadagi qadimiy qalʼalarni qayta tiklash uchun mablagʻ yigʻishni maqsad qilgan xayriya turini tashkil etgan. Bu safar muvaffaqiyatli oʻtdi va Ruslananing saʼy-harakatlari tufayli Zolochiv qal’asi qayta tiklandi.

1999-yilda u „Ostanne rizdvo 90th“ („90-yillarning soʻnggi Rojdestvosi“) nomli Rojdestvo musiqiy filmi ustida ishlagan boʻlib, ushbu loyiha „Ukrainaning yil filmi“ mukofotiga sazovor boʻlgan. Ukraina Karpat togʻlarida istiqomat qiluvchi qadimiy guchul xalqi hayotiga bagʻishlangan „Znaju ya“ („Men bilaman“) taronasining video klipi orqali Ruslana zamonaviy klipmeykerlik sanʼatida yangi standartlarni joriy etgan.

Diskografiyasi Ukrain tilidagi studiya albomlari

1998: Myt' Vesny – Dzvinkyj Viter 1999: Ostannie rizdvo 90-kh 2001: Najkrashche 2002: Dobryi vechir, tobi... 2003: Dyki Tantsi 2006: Tance s vlky 2008: Amazonka 2012: Eyforiya 2013: Miy Brat! (razom!)

Ingliz tilidagi studiya albomlari 2004: Wild Dances 2005: Wild. Club'in 2008: Wild Energy 2013: My Boo (Together!)

DVD disklar 1998: Rizdvo z Ruslanoju (Christmas With Ruslana) 1999: Ostannje Rizdvo 90-h (Last Christmas of the 90’s) 2002: Rizdvjani Legendy (Christmas Legends) 2003: Na Rizdvo do L’vivs’kogo (Christmas with L’vivians) 2008: Wild Energy. Amazon. Wild Dances

Mukofotlari va nominatsiyalari Yil Mukofot topshiruvchi Mukofot Natija 1996Slavianski Bazaar (Belorussiya)1-oʻrin"Oj, letily dyki gusy"Gʻolib 1999"1999-yilning Ukrainadagi Yil odami" unvoni.Yil odamiGʻolibYilning eng yaxshi qoʻshigʻi"Svitanok"GʻolibYilning eng yaxshi video klipi"Svitanok"Gʻolib 2004Eurovision qo‘shiq tanlovi1-oʻrin"Yovvoyi raqslar"GʻolibMarcel Bezençon mukofotlariBadiiy mukofot"Yovvoyi raqslar"GʻolibJahon musiqa mukofotlari (Las Vegas, AQSh)Eng koʻp sotilgan ukrainalik ijrochi"Yovvoyi raqslar"Gʻolib"MAD TV Video Music mukofotlari" (Gretsiya)Eng yaxshi xalqaro video"Yovvoyi raqslar"GʻolibArion Music mukofotlari (Gretsiya)Eng koʻp sotilgan xalqaro singl"Yovvoyi raqslar"Gʻolib 2005Ruminiyada eng sevimli ijrochilar mukofotlariEng sevimli xalqaro qoʻshiqchiGʻolib"The Best 13" mukofot tanlovi (Makedoniya)Yevropaning eng yaxshi qoʻshiqchisiGʻolib 2006 (Germaniya)Eurovisionning eng yaxshi qoʻshigʻi"Yovvoyi raqslar"Gʻolib 2009 Asia Song FestivalMaxsus mukofotGʻolibEng yaxshi qoʻshiqchiGʻolib 20102010-yilning Yil odami (Ukraina)Eng yaxshi yakkaxon qoʻshiqchiGʻolib 2011Jahon iqtisodiy forumiYosh global yetakchilar mukofotiYGL Honorees 2011 (pdf), via WEForum.comGʻolib 2013Xorlar jangi televizion musiqiy tanlovi1-oʻrinGʻolibForbes Rossiya2013-yil ayoliGʻolib 2014 Ukraina Intellektual Jamiyati"Vasyl Stus" mukofotiGʻolib AQSh Davlat kotibi Jasoratli ayol mukofotiGʻolib Atlantika Kengashi Liderlik mukofotiGʻolib Xalqaro Respublika instituti Ozodlik mukofotiGʻolib Yevropa Parlamenti Sakharov mukofoti Nominatsiya Lech Wałęsa Lech Wałęsa mukofotiGʻolib Vashingtondagi Oxi Day Foundation Crete jangi mukofotiGʻolib 2015 Lev Kopelev forumi"Lev Kopelev" Tinchlik va inson huquqlari mukofotiGʻolib

Manbalar

Turkum:Eurovision qoʻshiq tanlovi Turkum:Eurovision qoʻshiq tanlovining gʻoliblari Turkum:Ukrainalik qo'shiqchilar