„Heroes“ (oʻzbekcha: Qahramonlar) — shvetsiyalik xonanda Måns Zelmerlöw tomonidan ijro etilgan qoʻshiq. U Anton Malmberg Hård af Segerstad, Joy Deb va Linnea Deb tomonidan yozilgan hamda bastalangan. Qoʻshiq 2015-yil 28-fevralda Shvetsiyada raqamli yuklab olish uchun chiqarilgan. Tarona Melodifestivalen 2015 tanlovida hamda Avstriyaning Vena shahrida boʻlib oʻtgan Eurovision qoʻshiq tanlovi 2015da gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. Ushbu qoʻshiq Zelmerlöwning oltinchi studiyaviy albomi boʻlmish „Perfectly Damaged“ning asosiy singli hisoblanadi.

Yaralish tarixi Konsepsiyasi „Heroes“ Anton Malmberg Hård af Segerstad, Joy Deb va Linnea Deb tomonidan yozilgan va bastalangan. Qoʻshiq Måns Zelmerlöw tomonidan ijro etilgan hamda uning vokal imkoniyatlariga moslab moslashtirilgan.

Melodifestivalen Zelmerlöw oʻzining milliy saralashdagi uchinchi ishtirokida „Heroes“ qoʻshigʻi bilan 2015-yil 28-fevralda Örebro shahridagi „Conventum Arena“da boʻlib oʻtgan Melodifestivalenning toʻrtinchi yarim finalida qatnashdi. Qoʻshiq yarim finalda soʻnggi boʻlib ijro etildi hamda toʻgʻridan-toʻgʻri finalga yoʻllanma oldi.

Finalda „Heroes“ oltinchi boʻlib ijro etildi. Qoʻshiq xalqaro hakamlar hayʼatidan 122 ball va tomoshabinlardan 166 ball, jami 288 ball toʻplab, Melodifestivalen gʻolibiga aylandi. Bu amaldagi ovoz berish tizimi boʻyicha rekord natija edi. Shuningdek, tarona ikkinchi oʻrinni egallagan qoʻshiqdan 149 ball farq bilan oʻzib ketib, tarixiy gʻalabani qoʻlga kiritdi. Ushbu gʻalaba Måns Zelmerlöwga Eurovision 2015 tanlovida Shvetsiya sharafini himoya qilish imkonini berdi.

Eurovision musiqiy tanlovi 2015-yil 21-mayda Venadagi „Wiener Stadthalle“ arenasida Eurovisionning ikkinchi yarim finali boʻlib oʻtdi. Zelmerlöw oʻn uchunchi boʻlib chiqish qildi. Yarim final natijalariga koʻra, u 217 ball bilan birinchi oʻrinni egalladi va finalga yoʻllanma oldi.

23-may kuni boʻlib oʻtgan finalda Måns Zelmerlöw oʻninchi boʻlib sahnaga chiqdi. Yakuniy natijalarga koʻra, „Heroes“ 365 ball toʻplab, tanlov gʻolibiga aylandi. Bu Eurovision tarixidagi oʻsha davr uchun uchinchi eng yuqori koʻrsatkich edi. Shuningdek, „Heroes“ 2009-yilda hakamlar va tomoshabinlar ovozi ajratilgandan beri tomoshabinlar ovozida gʻolib boʻlmasdan turib umumiy gʻoliblikni qoʻlga kiritgan birinchi qoʻshiq boʻldi. Tarona oʻsha oʻn yillikning (2010–2019) eng yuqori foizli gʻolibi deb topildi.

Tanqidiy qabul „The Independent“ nashridan Kiran Moodley qoʻshiqni David Guettaning „Lovers on the Sun“ taronasiga qiyoslab, ularning oʻxshashligini „hayratlanarli“ deb atadi. 2022-yilda shu nashr tanqidchisi Ben Kelly uni barcha davrlarning 36-eng yaxshi Eurovision gʻolibi deb eʼtirof etdi hamda uni „biroz kuuntri uslubidagi kupletlarga ega David Guetta mahsuloti“ deb taʼrifladi.

Trek-list Raqamli yuklab olish / CD singl „Heroes“ — 3:10

Raqamli yuklab olish — Remikslar „Heroes“ (B.o. Y Remix) — 3:44 „Heroes“ (7th Heaven Club Mix) — 6:30 „Heroes“ (Axento Extended Remix) — 5:09 „Heroes“ (Eray Oktav Remix) — 5:28

Chartlar Haftalik chartlar Chart (2015) Eng yuqorioʻrin Shvetsiya (Sverigetopplistan) 1 Avstriya (Ö3 Austria Top 40) 1 Islandiya (RÚV) 1 Shveysariya (Schweizer Hitparade) 1 Gretsiya International (Billboard) 1 Belgiya (Flandriya) 2 Germaniya (Official German Charts) 3 Rossiya (2M) 3 Norvegiya (VG-lista) 4 Finlandiya (Suomen virallinen lista) 5 Polsha (ZPAV) 5 Daniya (Tracklisten) 7 Birlashgan Qirollik (UK Singles Chart) 11 Avstraliya (ARIA) 19

Sertifikatlar Hudud Sertifikat Sotuvlar Shvetsiya (IFPI Sweden) 5× Platina 200,000 Avstriya (IFPI Austria) Oltin 15,000 Ispaniya (PROMUSICAE) Platina 40,000 Norvegiya (IFPI Norway) Oltin 20,000

Manbalar

Turkum:2015-yil qoʻshiqlari Turkum:2015-yil singllari Turkum:Eurovision qoʻshiq tanlovi gʻoliblari Turkum:Shvetsiya qoʻshiqlari Turkum:Måns Zelmerlöw qoʻshiqlari Turkum:Ingliz tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Shvetsiya chartlarida birinchi oʻrinni egallagan singllar Turkum:Avstriya chartlarida birinchi oʻrinni egallagan singllar