Asad ibn Abduluzzo () — Qusay ibn Kilabning nabirasi, islom paygʻambari Muhammadning ona tomondan toʻrtinchi bobosi.
Hayoti U Abduluzzo ibn Qusayning oʻgʻli, Ummu Habib binti Asadning otasi boʻlgan. Ummu Habib binti Asad Barra binti Abduluzzoning onasi, Barra Omina binti Vahbning onasi, Omina esa paygʻambar Muhammadning onasi edi.
Oilasi Asad ibn Abduluzzo Xuvaylid ibn Asadning otasi, Xuvaylid esa Xadicha bint Xuvaylidning otasi boʻlgan. Xadicha esa paygʻambar Muhammadning birinchi xotini edi. Shunday qilib, paygʻambar Muhammad va Xadicha Asad shajarasidan boʻlganliklari sababli bir-birlariga uchinchi avlod amakivachcha/togʻavachcha hisoblanadi.
Zubayriylar Asadiylar urugʻining nufuzli vakili boʻlmish Zubayr ibn Avvom avlodlaridan tashkil topgan Zubayriylar tarmogʻi ilk islom tarixidagi ikkinchi fuqarolar urushi boʻlgan Ikkinchi fitna davrida muhim siyosiy kuch boʻlgan. Muoviya I oʻgʻli Yazid I ni oʻzining taxt vorisi deb eʼlon qilganidan keyin 676-yilda Zubayrning oʻgʻli Abdulloh Yazidni xalifa sifatida tan olishdan bosh tortdiGibb 1960, p. 55.. 683-yilga kelib Abdulloh Makka ustidan nazoratni qoʻlga kiritdi va u yerda oʻz davlat tizimini oʻrnatdi. Yazid vafot etganidan soʻng, Abdulloh oʻzini Amir al-Moʻminin deb eʼlon qildi va Zubayriylar xalifaligiga asos soldi. Tez orada Abdulloh Fors (Eron)ning yarmini, shuningdek, Misrning ham yarmini oʻz nazoratiga oldi. Alaviylar (toʻrtinchi Roshidun xalifa Alining oilasi va avlodlari) hamda Zubayriylar xalifalik hududida eng koʻp yer va mulklarga egalik qilgan ikki buyuk sahoba sulolasi edi.
Zubayriylar tuzumi al-Shom boʻlinmalarida hokim etib yamanlik Azd kelib chiqishiga mansub kishilarni tayinlashni xush koʻrgan. Bunga Kinda va Kalb qabilalarining janubiy urugʻlari ham kirgan.
Shajarasi
|style="text-align: left;"| + Belgi-izoh nasl asrab olish nikoh turmush oʻrtoqlar tartibi
Izohlar
Manbalar
Turkum:Xadicha binti Xuvaylid Turkum:Muhammadning ajdodlari