Jamila binti Sobit (), asl ismi Osiyo () — Umarning xotinlaridan biri, sahoba.

Hayoti Jamila Madinadagi Banu Avs qabilasining Amr ibn Avf urugʻidan boʻlgan Sobit ibn Abu al-Aqlah va ash-Shamus binti Abu Amirning qizi boʻlganMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 3. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr, p. 204. London: Ta-Ha Publishers.Muhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina, pp. 7, 235, 236. London/Ta-Ha Publishers.. Uning akasi Osim ibn Sobit Badr jangida qatnashganIbn Saad/Bewley vol. 3 p. 362.Ibn Saad/Bewley vol. 8 p. 235.Muhammad ibn Jarir al-Tabari. Tarik al-Rusul waʼl-Muluk. Translated by Fishbein, M. (1997). Volume 8: The Victory of Islam, p. 95. Albany: State University of New York Press.Muhammad ibn Jarir al-Tabari. Tarik al-Rusul waʼl-Muluk. Translated by Smith, G. R. (1994). Volume 14: The Conquest of Iran, pp. 100-101. Albany: State University of New York Press.But see Bukhari 4:52:281 and similar traditions, where Asim ibn Thabit is described as the „grandfather“ of Jamilaʼs son Asim. According to the biographical traditions, they should have been uncle and nephew..

Jamila Madinada islomni birinchilardan boʼlib qabul qilganlardan edi. U va onasi 622-yilda paygʼambar Muhammadga bayʼat qilgan ilk 10 nafar ayol qatorida boʻlganIbn Saad/Bewley vol. 8 p. 7.. Uning ismi Osiyo (itoatsiz) ekanini eshitgach, paygʼambar Muhammad uning ismini: „Yoʻq, sen Jamilasan“ (goʻzal) deb oʻzgartirganIbn Saad/Bewley vol. 3 p. 204..

Jamila binti Sobit taxminan besh yil oʻtib, 627-yil mayi bilan 628-yil mayi oraligʻida Umar bilan turmush qurganTabari/Fishbein vol. 8 p. 95.. Ularning Osim ismli bir oʻgʻli boʻlganmalik ibn Anas. Al-Muwatta 37:6.Ibn Saad/Bewley vol. 3 p. 204.Ibn Saad/Bewley vol. 8 p. 236.Tabari/Fishbein vol. 8 p. 95.Tabari/Smith vol. 14 pp. 100-101.. Bir safar Jamila Umardan pul soʻragan, Umar esa keyinchalik paygʻambar Muhammadga shunday degan: „Menda yoʻq narsani soʻragani uchun uni yerga yiqiladigan darajada urib yubordim“Ibn Saad/Bewley vol. 8 p. 131.. Ularning nikohi taloq bilan yakunlanganMuwatta 37:6.Tabari/Fishbein vol. 8 p. 95.Tabari/Smith vol. 14 pp. 100-101..

Jamila va oʻgʻli Osim Quba chekkasida yashovchi oilasining oldiga qaytgan. Bir kuni Umar Qubaga kelib, Osimni masjid hovlisida oʻynab yurganini koʻrgan. Umar uni koʻtarib olib, uloviga mindirgan. Jamilaning onasi ash-Shamus Umar nevarasini olib ketayotganini koʻrib, norozilik bildirgan. Ular Osimning kimda qolishi masalasida kelisha olmagach, mojaroni hal qilish uchun Abu Bakrning huzuriga borgan. Abu Bakr: „Bola bilan onani ajratmang“, deb hukm qilgach, Umar daʼvosidan voz kechib, oʻglini Jamilada qoldirganMuwatta 37:6..

Keyinchalik Jamila Yazid ibn Jariyaga turmushga chiqqan va ular Abdurahmon ismli bir oʻgʻil koʻrganTabari/Fishbein vol. 8 pp. 94-95.Ibn Saad/Bewley vol. 8 p. 236..

Manbalar

Turkum:Ayol sahobalar