Yasaman Aryani (1996-yilda tugʻilgan)eronlik siyosiy mahbus. U boshida roʻmolisiz koʻringan va bu haqida ijtimoiy tarmoqlarda gapirgan.
Biografiya
2018-yil avgust oyida Aryani boshqa faollar bilan birga politsiya yiqitib yuborgan kampirga yordam berayotgan paytida Tehrondagi norozilik namoyishida hibsga olingan. „Jamoat tartibini buzish“da ayblanib, Aryaniyga Evin qamoqxonasida bir yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanganMeet Yasaman Aryani, Iran Nobel Women's Initiative. Accessed 11 February 2020.. AQSH maʼlumotiga koʻra, Evin qamoqxonasida siyosiy muxoliflar va hukumat tanqidchilariga nisbatan „jiddiy inson huquqlari buzilishlari“ sodir etilganIranʼs Evin prison, Ansar-e Hezbollah face new US sanctions Aljazeera News, 31 May 2018..
2019-yil fevral oyida ozod etilgach, Aryaniy oʻzining muddatidan avval qoʻyib yuborilishini „tomosha“ deb atadi va Eron hukumati buni xalqaro hamjamiyat oldida ijobiy qiyofa yaratish uchun qilayotganini taʼkidladiIranian political prisoners react state-run media claims Iran Human Rights Monitor, 2 February 2019..
2019-yil 8-mart kuni u va onasi Tehron metrosidagi faqat ayollar uchun boʻlgan poyezdga chiqishdi va ikkisida ham boshida roʻmol boʻlmaganJailed for protesting forced veiling Amnesty International. Accessed 11 February 2020.. 2019-yil aprel oyida Aryaniy va onasi ularning roʻmolsiz poyezdda olingan (oʻngdagi) videosi sababli hibsga olindi. Videoda Aryaniy kelajakda ayollar nima kiyishni oʻzlari tanlashda erkin boʻladigan kunlar haqidagi umidlarini bayon qilib, „men hijobsiz va sen hijob bilan“ deydi. Videoning bir varianti keng tarqalib ketgach, Aryaniy „ochiq yurishni“ targʻib qilib, „buzuqchilik va fohishabozlikni qoʻzgʻash va unga yordam berish“da ayblanib hibsga olinganHelp release Yasaman from prison Amnesty International. Accessed 11 February 2020.. 1979-yilgi Islom inqilobidan beri Eron hukumati ayollar oʻzlarini yopib yurishini oʻz ichiga olgan qatʼiy kiyinish qoidalarini majburan tatbiq etib keladi. Aryaniy va onasining har biri 16 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan.
2019-yil 29-iyul kuni Qarchak qamoqxonasidagi yana uch nafar ayol siyosiy mahbus bilan birga Aryaniy ham oddiy mahbuslar tomonidan qamoqxona maʼmuriyati qoʻzgʻatgan janjalda shafqatsizlarcha doʻpposlangan. (Vijdon mahbuslari, yaʼni siyosiy mahbuslar, Qarchak qamoqxonasida qamoqxona maʼmuriyati tomonidan qoʻzgʻatilgan umumiy jinoyatchilar, yaʼni jinoiy mahbuslar tomonidan qayta-qayta hujumga uchraydi.) Nobel ayollar tashabbusi maʼlumotiga koʻra, Aryaniy qamoqxonada „dahshatli sharoitlarga duch kelgan… u yakka kamerada saqlangan, oilasiga qoʻngʻiroq qilish huquqidan mahrum etilgan va agar u kamera oldida oʻz aytgan gaplaridan voz kechib, oʻzini 'xorijiy agentlar' taʼsiriga tushib qolganidan 'afsusdaʼ ekanini aytmasa, boshqa oila aʼzolarini ham hibsga olish bilan tahdid qilingan.“ Amnistia International uning ozod qilinishi uchun kampaniya olib bormoqda. Taxminan toʻrt yil jazo oʻtab boʻlgach, Aryaniy va onasi ozod etilgan.
Manbalar
Turkum:1996-yilda tugʻilganlar Turkum:Inson huquqlarining buzilishi