Avn ad-Din Abul Muzaffar Yahyo ibn Hubayra ash-Shayboniy ad-Duriy al-Bagʻdodiy (; 1105 — 1165; odatda Ibn Hubayra nomi bilan tanilgan) — 12-asr iroqlik arab amaldori va hanbaliy faqih. Oʻn olti yil davomida xalifa al-Muqtafiy va uning vorisi al-Mustanjid davrida Abbosiylar xalifaligida vazir boʻlib xizmat qilgan.
Biografiyasi Ibn Hubayra hijriy 499-yil rabiussoni oyida (milodiy 1105-yil dekabr / 1106-yil yanvar) Bagʻdodning shimoli-gʻarbidagi Ad-Davr qishloqda tugʻilgan. Yoshligida u Bagʻdodga borib, shu yerda bir necha ustozlar qoʻlida klassik arab taʼlimini olib, Qurʼon, arab tilshunosligi va islom huquqining hanbaliy maktabi fiqhini oʻrgangan. Uni xalifa al-Muqtafiy xazinaboshi etib tayinladi va 1149-yilda u xalifalikning bosh vaziri etib tayinlandi. Bu lavozimni u 1165-yil 27-martdagi vafotigacha, oʻn olti yil davomida egalladiMakdisi (1971), pp. 802–803.
Uning vazirligi davri Abbosiylar saroyida Saljuqiylar taʼsirining yakuniy susayishini (qarang: Bagʻdod qamali (1157)) va Bagʻdodda hanbaliy ilmlarining gullab-yashnashini belgiladi. Ibn Hubayra, shuningdek, Nur ad-Din Zangiy tomonidan Fotimiylar boshqaruvidagi Misrni zabt etish ishlarida ham ishtirok etgan.
Asarlari Ibn Hubayra yirik olim ham edi. U Sahih al-Buxoriy va Sahih Muslim hadis toʻplamlariga al-Ifsah ‘an maʼani as-Sihah yoki al-Ishraf deb nomlangan koʻp jildli sharh yozgan. U, shuningdek, Ibn as-Sikkitning Islah al-mantiq asarining ixcham shakli boʻlgan al-Muqtasad nomli grammatikani, al-‘Ibadat al-khams, Urjuza fi-l-maqsur wa-l-mamdud va Urjuza fi ʻilm al-xatt asarlarini yozgan. Zamondoshi Abul Faraj ibn al-Javziy (al-Muqtabas min al-favaʼid al-ʻAvniyya) Ibn Hubayra soʻzlaridan toʻplam tuzgan hamda al-Ifsahdan tanlamalar nashr qilgan. Ibn al-Javziyning asarlari, hanbaliy olim Ibn al-Maristaniyya tomonidan yozilgan biografiya bilan birga, Ibn Hubayraning hayoti haqidagi asosiy manbalardir.
Adabiyotlar
Manbalar
Turkum:1105-yilda tugʻilganlar Turkum:1165-yilda vafot etganlar Turkum:Iroqlik sunniy ulamolar Turkum:Abbosiylar xalifaligi vazirlari Turkum:12-asr arab tilidagi yozuvchilar Turkum:Hanbaliylar Turkum:12-asr huquqshunoslari Turkum:Iroqlik qozilar Turkum:12-asr arablari Turkum:Abbosiylar xalifaligidan 12-asr odamlari Turkum:Iroqlik yozuvchilar