Arlinda Rushiti (1999-yil 27-martda tugʻilgan) — kosovolik tennischi. WTA reytingida 2023-yil 9-yanvarda 352-oʻrinni egallagan. Kosovo Fed Kubogi terma jamoasi safida oʻynab, musobaqalarda jami 21 ta oʻyinda gʻalaba qozongan va 22 ta oʻyinda magʻlubiyatga uchragan (2024-yil may holatiga koʻra).

Sport faoliyati Rushiti Kosovo Fed Kubogi terma jamoasi safida 2018-yilda debyut oʻyini oʻtkazgan. Oʻsha yili Kosovo jamoasi Mozambik jamoasi ustidan 4–0 hisobida gʻalabada qozongan. Rushiti ham ushbu musobaqada mamlakatining ilk gʻalabasiga hissa qoʻshgan.

Arlinda Rushiti Kosovo Tennis Federatsiyasi tomonidan 2018-yilning eng yaxshi ayol tennischisi deb topilgan.

2022-yil yanvar oyida Rushiti saralash bosqichidan oʻtib, 2022-yilgi ayollar oʻrtasida ITF jahon tennis turniri doirasida tashkil etilgan W25 darajasidagi musobaqada ishtirok etgan. Sportchi ushbu musobaqada ilk bor yakkalik bahslari finaliga chiqishga muvaffaq boʻlgan. Musobaqa Tunisning Monastir shahrida boʻlib oʻtgan. Rushiti finalda rossiyalik tennischi Irina Xromachevaga uch setda oʻyinni boy bergan.

2023-yilda Kosovo ilk bor Billie Jean King kubogi musobaqasining II guruhidan joy oldi. Rushiti Adriana Lekaj bilan birga Irlandiya Respublikasiga qarshi hal qiluvchi juftlik bahsida gʻalaba qozonib, 2–1 hisobidagi umumiy gʻalabani taʼminladi. Bu uning toʻrt yillik tanaffusdan soʻng Kosovo sharafini himoya qiluvchi ilk musobaqasi edi.

Rushiti 2024-yil aprel oyida boʻlib oʻtgan musobaqada yana Lekaj bilan birga Gruziya va Malta jamolariga qarshi yakkalik va juftlik bahslarida ishtirok etdi va jamoasining ushbu uchrashuvdagi gʻalabasini taʼminladi. Bu natijalar ularga II guruhdagi oʻrnini saqlab qolishga yordam berdi, biroq Estoniya, Misr va Bosniya va Gersegovinaga qarshi magʻlubiyatlardan soʻng ular yuqoriga koʻtarila olmadi. Rushiti yakkalik va juftlik bahsida estoniyalik tajribali tennischi Kaia Kanepi hamda misrlik Mayar Sherifga oʻyinni boy berdi.

Shaxsiy hayoti 2022-yil holatiga koʻra, Arlinda Rushiti Shveysariyada istiqomat qiladi.

Manbalar

Turkum:1999-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Shveysariyalik ayol tennischilar Turkum:Kosovolik ayol tennischilar Turkum:21-asr shveysariyalik ayol sportchilar