David Villa Sánchez (; 1981-yil 3-dekabr kuni Langreo, Ispaniyada tugʻilgan) – Villa hujumchi ampulasida oʻynagan ispaniyalik sobiq professional futbolchidir. U oʻz avlodining eng sara hujumchilaridan biri deb tan olingan. Villa Ispaniya milliy terma jamoasining barcha davrlar boʻyicha eng koʻp gol urgan oʻyinchisidir. Hozir u Ispaniyaning Tercera Federación ligasidagi „CF Benidorm“ klubining vitse-prezidenti lavozimida faoliyat yuritmoqda.
El Guaje (Asturiya tilida „Bola“) laqabini olgan Villa, oʻzidan ancha katta bolalar bilan futbol oʻynagani uchun shunday nom olgan. U bolaligida jiddiy jarohat olishiga qaramay, 2001-yilda „Sporting de Xixon“ jamoasida professional faoliyatini boshlashga erishdi. Ikki mavsumdan soʻng „Real Saragosa“ga oʻtib, u yerda La Ligada debyut qildi hamda Ispaniya Qirol kubogi va Superkubogini qoʻlga kiritdi. 2005-yilda 12 million yevro evaziga „Valensiya“ga oʻtgan Villa, bu yerda ham yana bir bor Ispaniya Qirol kubogini zabt etdi.
Manbalar
Havolalar
National team data at BDFutbol
The David Villa Campus official website
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1981-yilda tugʻilganlar Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Sporting de Gijón B futbolchilari Turkum:Sporting de Gijón futbolchilari Turkum:Real Zaragoza futbolchilari Turkum:Valencia C.F. futbolchilari Turkum:FC Barcelona futbolchilari Turkum:Atlético Madrid futbolchilari Turkum:New York City FC futbolchilari Turkum:Melbourne City FC futbolchilari Turkum:Vissel Kobe futbolchilari Turkum:Segunda División B oʻyinchilari Turkum:Segunda División futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Major League Soccer futbolchilari Turkum:J1 ligasi futbolchilari Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Ispaniya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2006 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2010 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2014 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2008 oʻyinchilari Turkum:FIFA Konfederatsiyalar kubogi 2009 futbolchilari Turkum:FIFA Konfederatsiyalar kubogi 2013 futbolchilari Turkum:Futbol boʻyicha jahon chempionlari Turkum:UEFA Yevropa chempionatida gʻolib boʻlgan oʻyinchilar Turkum:Ispaniyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Avstraliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Yaponiyadagi muhojir erkak futbolchilar