Růžena Krásná (1921-yil 22-iyunda tugʼilgan — 2012-yil 13-iyulda vafot etgan) — chex liberal siyosatchisi va inson huquqlari himoyachisi, Chexoslovakiyadagi kommunistik rejim davrida 11 yil davomida siyosiy mahbus boʻlgan. Ikkinchi jahon urushidan soʻng Liberec shahrida Chex milliy sotsial partiyasining mintaqaviy kotibi boʻlgan. 1949-yilda sovet okkupantlari tomonidan hibsga olingach, deputat Emil Weiland bilan birga ommaviy koʻrgazmali sudda oʻlim jazosiga hukm qilingan. Biroq hukm umrbod qamoq jazosiga almashtirilgan va u 1960-yilgacha siyosiy mahbus boʻlib qolgan. 1989-yilda tahskil etilgan „Baxmal inqilobi“dan soʻng Chexoslovakiya siyosiy mahbuslari konfederatsiyasini hamtaʼsischisi boʼlgan. 1990-yilda Chexoslovakiya milliy sotsial partiyasi raisi etib saylangan. Yevropa vijdoni va kommunizm boʻyicha Praga deklaratsiyasining asoschi imzochilaridan biri.
Krásná 2012-yil 13-iyulda 91 yoshida vafot etgan.
Eʼtiroflari Václav Benda mukofoti (2010-yil)
Manbalar
Turkum:1921-yilda tugʻilganlar Turkum:2012-yilda vafot etganlar Turkum:Chex inson huquqlari faollari