Vladimir Bogdanovich Kisera (; 1960-yil 18-mayda tugʻilgan) — sovet va ukrain futbolchisi, himoyachi pozitsiyasida oʻynagan.
Biografiya Vladimir Toshkentdagi oʻsmirlar sport maktabida taʼlim olgan. Uning birinchi murabbiyi G. M. Mejetovfootbook.ru boʻlgan. Vladimir Oʻzbekiston SSR chempionatida Kosonsoyning „Kosonsoychi“ jamoasida (1980—1982) oʻynagan.
1982-yilda Toshkentning „Paxtakor“ klubiga taklif qilingan va oʻrinbosarlar jamoasida oʻynay boshlagan. 1983—1984-yillarda Paxtakor safida SSSR Oliy ligasida 29 ta oʻyinda, 1985—1986-yillarda esa birinchi ligada 43 ta oʻyinda maydonga tushgan. Vladimir keyinchalik Sovet Ittifoqi ikkinchi ligasida ishtirok etgan „Podole Xmelnitskiy“ (1987—1990) va „Kosonsoychi“ (1991) jamoalarida oʻynagan.
Sovet Ittifoqi tugatilganidan keyin 1992-yilda Ukrainaga koʻchib oʻtgan va Ukraina Birinchi ligasida, Xmelnitskiyning „Podole“ jamoasida oʻynagan.
Shaxsiy hayoti Kisera taniqli murabbiy Ishtvan Sekechning qiziga uylangan. Vladimir hozirda Isroilda yashaydi.
Manbalar
Havolalar Vladimir Kisera Footballfakts saytida Vladimir Kisera Transfermarkt saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Ukrainalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:FC Podillya Xmelnitskiy futbolchilari Turkum:Kosonsoy klubi futbolchilari Turkum:SSSR Oliy ligasi futbolchilari Turkum:SSSR birinchi ligasi futbolchilari Turkum:SSSR ikkinchi ligasi futbolchilari