Iqtisodiy muvozanat — iqtisodiyotda bu talab va taklif kuchlari muvozanatlashgan holat bo‘lib, bunda iqtisodiy o‘zgaruvchilar endi o‘zgarmaydi.
Bozor muvozanati bu holatda — bozorda narx raqobat orqali shakllanib, xaridorlar tomonidan talab qilinadigan tovar va xizmatlar miqdori sotuvchilar tomonidan taklif etiladigan miqdorga teng bo‘lgan vaziyatni anglatadi. Ushbu narx ko‘pincha raqobat narxi yoki bozorni tozalovchi narx deb ataladi va talab yoki taklif o‘zgarmaguncha o‘zgarmaslikka moyil bo‘ladi. Mazkur miqdor esa "raqobat miqdori" yoki bozorni tozalovchi miqdor deb yuritiladi.
Iqtisodiy muvozanatni tushunish Iqtisodiy muvozanat — bu shunday holatki, unda har bir iqtisodiy subyekt o‘z holatini mustaqil ravishda, ya’ni o‘zi yakka holda qandaydir strategiyani o‘zgartirish orqali yaxshilay olmaydi. Ushbu tushuncha fizik fanlardan olingan. Masalan, fizik kuchlar muvozanatda bo‘lgan tizimni olaylik. Iqtisodiy talqinda bu hech qanday qo‘shimcha o‘zgarish yuz bermasligini anglatadi.
Muvozanatning xossalari Umuman olganda, muvozanatning uchta asosiy xossasi Huw Dixon tomonidan ilgari surilgan. (reprinted in Surfing Economics). Bular quyidagilar:
Muvozanat xossasi P1: Agentlarning xulq-atvori o‘zaro mos keladi. Muvozanat xossasi P2: Hech bir agent o‘z xulq-atvorini o‘zgartirishga rag‘batga ega emas. Muvozanat xossasi P3: Muvozanat ma’lum bir dinamik jarayon (barqarorlik) natijasidir.
Misol: raqobatli muvozanat
Manbalar
Turkum:Iqtisodiy atamalar Turkum:iqtisodiy nazariyalar Turkum:Talab Turkum:Taklif