Xalqaro iqtisodiyot olimpiadasi (IEO) — yuqori sinf oʻquvchilari uchun iqtisodiyot, biznes va moliya boʻyicha har yili oʻtkaziladigan global tanlov boʻlib, 2018-yilda tashkil etilgan. Ishtirokchi mamlakatlar bitta yoki ikkita jamoa yetakchisi bilan besh nafargacha talabadan iborat jamoani yuborishlari mumkin. Talabalar iqtisodiyot, moliya va biznes-keys tahlili boʻyicha baholanadi. musobaqada ellikdan ortiq mamlakat ishtirok etadi. Bu tashabbus ortida oddiygina musobaqa yaratish emas, balki dunyo boʻylab iqtisodga qiziquvchi iqtidorli yoshlarni birlashtirish, ularning bilimini sinash va eng muhimi — global muammolarni tushuna oladigan yangi avlodni shakllantirish maqsadi yotadi. Olimpiadaning tashkil etilish sababi chuqur va dolzarb edi. XXI asr iqtisodiyoti murakkablashib borar ekan, davlatlar oʻrtasidagi bogʻliqlik kuchaydi, bozorlardagi oʻzgarishlar esa har bir inson hayotiga taʼsir eta boshladi. Shu sababli, yoshlar nafaqat nazariy bilimga, balki real hayotdagi iqtisodiy qarorlarni tushunish va tahlil qilish qobiliyatiga ega boʻlishlari zarur edi. Ana shu ehtiyoj Xalqaro iqtisodiyot olimpiadasini xalqaro maydonga chiqardi.
Tarixi
Olimpiada birinchi marta 2018-yilda Rossiyaning Moskva shahrida 13 davlat ishtirokida oʻtkazilganRossiyskaya Gazeta, 17 September 2018. 2019-yilda Sankt-Peterburgda boʻlib oʻtgan ikkinchi olimpiadada mamlakatlar soni sezilarli darajada oshdi. 2020-yilda, COVID-19 pandemiyasi davrida IEO onlayn formatga oʻtdi. Tashkilotchilar imtihon yaxlitligini saqlash uchun 360 darajali video va ekranni ulashish vositalaridan foydalangan holda masofaviy nazorat tizimini joriy etishdi. Dastur ijtimoiy va madaniy tadbirlarni virtual shaklda oʻz ichiga olishni davom ettirdi va bu onlayn model keyinchalik bir qancha milliy tanlovlar tomonidan qabul qilindi. 2021-yilgi Olimpiada yana onlayn tarzda oʻtkazilib, Latviya virtual mezbonlik qildi. Keyingi tadbirlar Xitoyning Shenjen shahrida (2022); Gretsiyaning Volos shahrida (2023); Xitoyning Gonkong shahrida (2024); va Ozarbayjonning Boku shahrida (2025) oʻtkazildi. Keyingi musobaqa 2026-yilda Xitoyning Sujou shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Yil Mamlakat Format Davlatlar Ishtirokchilar Websahifa 2018 Moskva, Rossiya Saytda 13 64 2018.ieo-official.org 2019 Sankt-Peterburg, Rossiya Saytda 24 131 2019.ieo-official.org 2020 Astana, Qozog'iston Onlayn 29 133 2020.ieo-official.org 2021 Riga, Latviya Onlayn 44 217 2021.ieo-official.org 2022 Shenjen, Xitoy Gibrid 41 201 2022.ieo-official.org 2023 Volos, Gretsiya Gibrid 47 223 2023.ieo-official.org 2024 Gongkong Gibrid 50 237 2024.ieo-official.org 2025 Baku, Ozarbayjon Gibrid 52 258 2025.ieo-official.org
Manbalar
Havolalar IEO official website
Turkum:Xalqaro musobaqalar Turkum:Iqtisodiyot