Galina Atayeva (1971-yil 10-noyabr, Turkmaniston SSR, SSSR) — turkmanistonlik dzyudochi. 1996 va 2000-yillardagi yozgi Olimpiada oʻyinlari ishtirokchisi, 1995 va 2000-yillardagi Osiyo chempionatining ikki karra bronza medali sovrindori.

Tarjimayi holi Galina Atayeva 1971-yil 10-noyabrda tugʻilgan. 1996-yilda Galina Atlantada boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida Turkmaniston terma jamoasi tarkibida boʻlgan. 48 kg gacha vazn toifasida ishtirok etib, guruh bosqichining 1/4 finalida italiyalik Giovanna Tortorega yutqazib, musobaqadan chiqib ketadi. 2000-yilda Sidneyda boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida yana Turkmaniston terma jamoasi tarkibida boʻlgan. 48 kg gacha boʻlgan vazn toifasida ishtirok etib, guruh bosqichining 1/4 finalida KXDR vakili Cha Hyung-hyangga yutqazib, musobaqani tark etgan. Galina Atayeva dzyudo boʻyicha Osiyo chempionatining 48 kg gacha vazn toifasida ikki marta, yaʼni 1995-yilda Nyu-Dehlida va 2000-yilda Osakada bronza medallarini qoʻlga kiritgan. 2001-yilda Ulan-Batorda Galina Atayeva 5-oʻrinni egallagan. 2000-yilda Tunisning Nabeul shahrida boʻlib oʻtgan xalqaro turnirda bronza medalini qoʻlga kiritgan.

Manbalar

Turkum:Turkmaniston sportchilari