Herbert Eli Scarf (1930-yil 25-iyul — 2015-yil 15-noyabr) — amerikalik matematik hamda iqtisodchi va Yale universitetida iqtisodiyot boʻyicha Sterling professori boʻlgan. Taʼlimi Scarf Filadelfiyada tugʻilgan boʻlib, uning ota-onasi Ukraina va Rossiyadan koʻchib kelgan yahudiy muhojirlar — Lene (Elkman) va Louis Scarflar boʻlgan. Taniqli kosmik fizik Frederick L.Scarf Herbertning egizak ukasi edi. Bakalavr talabasi boʻlgan davrda Herbert 1950-yilda AQSh va Kanada universitetlari oʻrtasida oʻtkaziladigan yirik matematika musobaqasi — „William Lowell Putnam Mathematical Competition“da eng yaxshi 10 nafar ishtirokchi qatoridan joy olgan. 1954-yilda esa Prinston universitetida Salomon Bochner rahbarligida iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) darajasini olgan. Karyerasi Herbertning eng asosiy ishlari qatoriga kooperativ oʻyinlar nazariyasiga oid asosiy maqolalar jamlanmasi kiradi. Ushbu maqolalarda Herbert umumiy muvozanatli oʻyinlarda yadro mavjud boʻlishi uchun yetarlilik shartini koʻrsatgan. Avvalroq Lloyd Shapley foydalilikni oʻyinchilar oʻrtasida erkin taqsimlash mumkin boʻlgan oʻyinlar uchun yetarlilik va zarurlik shartlarini isbotlagan edi. Biroq umumlashtirilgan holatda zarurlik sharti saqlanmay qolgan edi. Eʼtirof Herbert Scarf 1973-yilda Terje Hansen bilan hamkorlikda yozgan „The Computation of Economic Equilibria“ asari uchun Frederick W.Lanchester mukofoti bilan taqdirlangan. Ushbu ish amaliy muvozanat modellaridan foydalangan holda umumiy muvozanat tizimlarini yechishda sonli algoritmlardan foydalanishdan iborat edi. Herbert Scarf Amerika sanʼat va fanlar akademiyasi, Milliy fanlar akademiyasi va Amerika falsafa jamiyatlari aʼzosi boʻlgan. Shuningdek, 2002-yilda „Institute for Operations Research and the Management Sciences“ning ilmiy aʼzolari qatoriga saylangan.
Manbalar
Havolalar Shaxsiy veb-sayt Herbert Scarf ilmiy ishlari
Turkum:1930-yilda tugʻilganlar Turkum:2015-yilda vafot etganlar Turkum:Amerikalik iqtisodchilar