Elena Malõgina (2000-yil 27-mayda tugʻilgan) — estoniyalik tennischi. WTA reytingida juftlik bahslari boʻyicha 2022-yil 7-noyabrda 236-oʻringa koʻtarilgan, 2023-yil 12-iyunda yakkalik bahslari boʻyicha 322-oʻrinni band qilgan.
Malõgina juftlik yoʻnalishi boʻyicha 11 ta ITF turniri unvonini, yakkalik bahslarida esa 3 ta unvonni qoʻlga kiritgan.
Sportchi Estoniya Fed Cup jamoasi safida ilk bor 2018-yilda maydonga tushgan. 2024-yil iyul holatiga koʻra, Fed Cup musobaqalarida jami 25 ta oʻyindan 9 tasida gʻalaba qozongan va 16 tasida magʻlubiyatga uchragan.
Sport faoliyati Malõgina professional turdagi debyut ishtirokini 2016-yilda amalga oshirgan.
U WTA Tur soirasidagi debyut oʻyinini 2022-yilgi Tallin ochiq turnirida oʻtkazgan va birinchi davrada ikkinchi raqam ostida saralangan tennischi Belinda Bencicga oʻyinni boy bergan.
Sportchi WTA 500 toifasidagi 2025-yilgi Strasburg xalqaro turniri saralash bosqichida ishtirok etish uchun yoʻllanma olgan, biroq birinchi davrada Anna Blinkovaga magʻlub boʻlgan .
Shaxsiy hayoti Malõgina 2000-yil 27-mayda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida dunyoga kelgan. Uning otasi estoniyalik, onasi rossiyalik boʻlgan.
Manbalar
Turkum:2000-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Estoniyalik ayol tennischilar Turkum:Sankt-peterburglik tennischilar Turkum:21-asr estoniyalik ayol sportchilar