Al-Ijliyyah bint al-Ijliy () 10-asrda astrolab yasagan usta boʻlib, hozirgi shimoliy Suriya hududidagi Halabda faoliyat yuritgan
U baʼzan zamonaviy ommabop adabiyotlarda Maryam al-Asturlabiyya () nomi bilan ham taniqli. Biroq uning taxmin qilinadigan ismi bo'lmish „Maryam“ hayoti haqida maʼlum boʻlgan yagona manbada tilga olinmaydi.
Hayoti
Ibn an-Nadimga koʻra, u al-Ijliy nomi bilan tanilgan boshqa bir astrolab ustasining qizi boʻlgan. U va otasi bagʻdodlik astrolab yasovchi Nastulusning shogirdlari (tilmithah) boʻlgan.
Al-Ijliyyah 10-asrda astronomik asbob boʻlgan astrolablarni tayyorlagan. U 944–967-yillarda hukmronlik qilgan Halabning birinchi amiri Sayf ad-Davla xizmatida boʻlgan.
Bu maʼlumotlardan tashqari, Al-Ijliyyah haqda boshqa hech narsa maʼlum emas. Uning „Maryam“ degan taxminiy ismi oʻz davriga oid manbalar bilan tasdiqlanmagan, u va otasining ismlarida uchraydigan „al-Asturlabiy“ iborasi esa shunchaki „astrolabchi“ degan maʼnoni anglatib, ularning kasbini koʻrsatadi. Astrolablar uning davridan ancha oldin ham maʼlum boʻlgan.
Merosi
1990-yilda Palomar rasadxonasida Henry E. Holt tomonidan kashf etilgan asosiy asteroid kamaridagi 7060 Al-Ijliya uning sharafiga shunday nomlangan. Nomlashga oid iqtibos 2016-yil 14-noyabrda () eʼlon qilingan.
2015-yilda mukofotga sazovor boʻlgan Binti kitobidagi hamda Netflixning Vikings: Valhalla serialidagi bir qahramon obraziga ilhom bergan. 1001 Inventions uni Islom oltin davrining buyuk ayollaridan biri deb atagan.
Yana qarang O‘rta asrlar islom olamida astronomiya Musulmon astronomlar ro‘yxati Ayol astronomlar ro‘yxati Ilm-fandagi ayollar xronologiyasi
Manbalar .
Havolalar
Astrolab: 13-asrning iPhoneʼi — Daily Sabah GPS va uning islomiy kelib chiqishi, The Star Online, 2013-yil 3-oktyabr
Turkum:10-asr astronomlari Turkum:Ilmiy asbob-uskunalar yasovchilari Turkum:Ayol astronomlar Turkum:O‘rta asr olimalari Turkum:Suriyalik olimalar Turkum:10-asr ayollari Turkum:Suriyalik o‘rta asr astronomlar Turkum:O‘rta asrlar islom olami olimalari