Çynar Täjiýewna Rustemowa (; XX asr, Turkmaniston SSR, SSSR) — turkman davlat arbobi, diplomat. 2018-yildan hozirgi kungacha Turkmanistonning UNESCO ishlari boʻyicha milliy komissiyasining mas’ul kotibi hisoblanadi. Turkmaniston Qahramoni (2021). 2013-yil 11-oktyabrda Chinor Rustamova Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpinga ishonch yorliqlarini topshirgan. 2016-yil 3-iyunda Turkmanistonning Vyetnamdagi elchisi etib tayinlangan. Oktyabr oyida Vyetnam prezidenti Trần Đại Quangga ishonch yorliqlarini topshirgan. 2018-yil 15-mayda qarorgohi Pekinda boʻlgan Turkmanistonning KXDRdagi elchisi etib tayinlangan. 2018-yil iyun oyida Chinor Rustamova KXDR Oliy xalq majlisi Prezidiumi raisi Kim Yong-namga ishonch yorliqlarini topshirgan. 2018-yil 20-dekabrda Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning farmoni bilan Chinor Rustamova boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Turkmanistonning Xitoydagi favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Pekinda), shuningdek, mamlakatning Moʻgʻuliston, Vyetnam va KXDRdagi elchisi lavozimidan ozod etilgan. Chinor Rustamova 2018-yildan buyon Turkmanistonning UNESCO ishlari boʻyicha milliy komissiyasi mas’ul kotibi lavozimida, yana Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligining Xalqaro munosabatlar institutida Ijtimoiy kafedrasining katta oʻqituvchisi vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda.
Manbalar
Turkum:Turkmanistonning Xitoydagi elchilari Turkum:Turkmanistonda tugʻilganlar Turkum:Turkmaniston ayol siyosatchilari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar