Elena-Gabriela Ruse (1997-yil 6-noyabrda tugʻilgan) — ruminiyalik professional tennischi. Sport faoliyatidagi eng yuqori natijalari: WTA reytingida 2022-yil may oyida yakkalik yoʻnalishida 51-oʻrinni, juftlik yoʻnalishida 2023-yilda 32-oʻrinni egallagan. Hozirda Ruminiyaning 2-raqamli tennischisi.

Ruse WTA Turi doirasida oʻtkazilgan 2021-yilgi Gamburg Yevropa ochiq turnirida yakkalik yoʻnalishi boʻyicha oʻzining ilk unvonini qoʻlga kiritgan. Shuningdek, ITF ayollar turniri yakkalik bahslarida 6 marta va juftlik oʻyinlarida 11 ta unvonga sazovor boʻlgan.

Oʻsmirlar oʻrtasida 2012–2015 Ruse oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqalarning yakkalik yoʻnalishida ikkita, juftlik yoʻnalishida sakkizta unvonni qoʻlga kiritgan. Uning oʻsmirlik davridagi sport faoliyatida egallagan eng yirik unvoni Grade-1 toifasidagi Kanada Ochiq chempionati boʻlib, sportchi finalda Katie Swanni magʻlub etgan. Ruse 2014-yilda Wimbledon musobaqasi qizlar oʻrtasida yakkalik bahsida yarim finalga, Eddie Herr turnirida esa finalga chiqqan. ITF oʻsmirlar musobaqasida u 2015-yil 18-may kuni dunyo reytingida 7-oʻringa koʻtarilgan.

Professional 2015–2016: WTA Turdagi debyut 2015-yil iyulda Ruse WTA Turi doirasida oʻtkazilgan asosiy toʻr bahslaridagi ilk ishtirokini Buxarest ochiq turniri juftlik bahslarida amalga oshirgan. Sportchi bu musobaqada Jaqueline Cristian bilan juftlik boʻlgan. U shu turnirning yakkalik oʻyinlariga ham yoʻllanma olgan va birinchi raundda Alexandra Cadanțu-Ignatikni yengishga muvaffaq boʻlgan. Keyingi oʻyinida esa Maria Sakkariga oʻyinni boy bergan. Ruse Buxarest va Antalyadagi sovrin jamgʻarmasi 10 ming dollar boʻlgan turnirlarda yarim finalgacha yetib borgan.

2015-yil dekabr oyida Ruse Antalyada oʻtkazilgan musobaqaning yakkalik yoʻnalishi boʻyicha oʻzining professional sport faoliyatidagi ilk unvonini qoʻlga kiritib, finalda Ekaterine Gorgodzeni magʻlub etgan. Sportchi 2015-yilni yakkalik yoʻnalishi boʻyicha jahon reytingida 642-oʻrin, juftlik yoʻnalishi boʻyicha esa 575-oʻrin bilan yakunlagan.

2021: Birinchi WTA Tur unvoni, AQSh ochiq chempionati Sportchi 2021-yilda saralash bosqichidan oʻtgan holda Indian-Wells ochiq turnirida WTA 1000 doirasidagi ilk ishtirokini amalga oshirgan.

Ruse WTA Tur doirasida yakkalik yoʻnalishidagi ilk unvonini Gamburg Yevropa ochiq turnirida qoʻlga kiritdi. U final uchrashuvida Andrea Petkovicni magʻlubiyatga uchratdi. Ushbu natijasi orqali reytingda 65 pogʻonaga koʻtarilib, yakkalik yoʻnalishida ilk bor 150 talikka kirdi va jahon reytingida shaxsiy eng yuqori natijasi — 133-oʻrinni band qildi. Gamburgdagi natijasidan soʻng, Ruse oʻsha oy oxirida oʻtkazilgan Palermo ayollar ochiq turnirida ketma-ket ikkinchi bor finaliga chiqdi, biroq ushbu final uchrashuvida Danielle Collinsga magʻlub boʻldi.

Manbalar

Turkum:1997-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ruminiyalik ayol tennischilar Turkum:Buxarestlik tennischilar Turkum:21-asr ruminiyalik sportchi ayollar