Yerjar () — Oʻzbekiston Respublikasi Jizzax viloyati Mirzachoʻl tumaniga qarashli mahalla. Mirzacho‘l tumani hokimining 2006-yil 22-sentabrdagi 276-sonli qarori bilan ushbu nom berilgan. “Yerjar” MFY tuman markazida joylashgan bo‘lib, Mirzacho‘l tumanidagi “Mustaqillik” MFY, “G‘alaba” MFY, “Bog‘bon” QFY va “Ipak yo‘li” QFYlar bilan chegaradosh. Umumiy yer maydoni 52,7 gektarni xonadonlar soni 981 tani, aholi soni 4152 nafarni tashkil etadi. Yerjar - egri jarliklar ma’nosini anglatadi, qadimda ushbu cho‘l hududlari egri jarliklardan iborat bo‘lgan, keyinchalik “Irjar” “Yerjar” deb talaffuz qilingan.

Manbalar

Turkum:Mirzachoʻl tumani aholi punktlari