Rosalind Elsie Franklin (1920-yil 25-iyul — 1958-yil 16-aprel) — ingliz kimyogari va rentgen kristallografi. Uning ilmiy ishlari DNK (dezoksiribonuklein kislota), RNK (ribonuklein kislota), viruslar, ko‘mir va grafitning molekulyar tuzilishini tushunishda muhim ahamiyat kasb etgan.
Franklinning koʻmir va viruslar boʻyicha olib borgan tadqiqotlari eʼtirof etilgan boʻlsa-da, DNK tuzilishini aniqlashga qoʻshgan hissasi uning hayoti davomida asosan tan olinmagan. Shu sababli u turlicha nomlar bilan „haqsiz eʼtibordan chetda qolgan qahramon“, „DNKning qorongʻi xonimi“, „unutib qoʻyilgan qahramon“ , „feministik timsol“, hamda „molekulyar biologiyaning Sylvia Plath“ i sifatida taʼriflangan.
James Watsonning fikricha, agar Franklin vafot etmaganida, u Kimyo boʻyicha Nobel mukofoti bilan taqdirlangan boʻlar edi.
Franklin 1941-yilda Kembrijdagi Newnham kollejida tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha tahsilni tamomlagan va keyinchalik Kembrij universitetidagi 1920-yil fizik-kimyo kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritgan Ronald George Wreyford Norrish rahbarligida fizik kimyo boʻyicha PhD dasturiga qabul qilingan. Norrishning yetarli darajada qiziqish bildirmaganidan hafsalasi pir boʻlganidan soʻngGlynn, p. 60. u 1942-yilda Britaniya ko‘mirdan foydalanish tadqiqotlari assotsiatsiyasi (BCURA)da ilmiy tadqiqot lavozimini egallagan. Koʻmir boʻyicha olib borgan tadqiqotlari Franklinga 1945-yilda Kembrijdan PhD darajasini olish imkonini bergan.
1947-yilda u Parijga koʻchib oʻtib, Laboratoire Central des Services Chimiques de l'Étatda Jacques Mering rahbarligida (postdoktorant tadqiqotchi) sifatida faoliyat yuritgan va bu yerda yetuk rentgen kristallografi sifatida shakllandi. 1951-yilda London Qirollik kollejiga ilmiy xodim sifatida qoʻshilgach, Franklin DNKning ayrim muhim xususiyatlarini aniqladi, bu esa keyinchalik DNKning qo'sh spiral tuzilishini toʻgʻri tasvirlashga yordam bergan. Direktor John Randall va hamkasbi Maurice Wilkins bilan kelishmovchiliklar tufayli Franklin 1953-yilda Birkbeck kollejiga oʻtgan.
John Desmond Bernal rahbarligida ishlagan davrida Franklin Birkbeckda viruslarning molekulyar tuzilishini oʻrganish boʻyicha ilgʻor tadqiqotlarga rahbarlik qilgan. U Bryusselda oʻtkazilishi rejalashtirilgan xalqaro koʻrgazmada tamaki mozaika virusi tuzilishini taqdim etish arafasida, 1958-yilda 37 yoshida bachadon saratoni kasalligidan vafot etdi. Uning jamoa aʼzosi Aaron Klug uning tadqiqotlarini davom ettirib, 1982-yilda Kimyo boʻyicha Nobel mukofotini qoʻlga kiritdi.
Manbalar
Turkum:Angliyalik ayollar Turkum:Kimyogarlar Turkum:Angliyalik kimyogarlar