Lutfiya Sulton (; 1910-yil 20-aprel — 1997-yil 11-iyun) — Usmoniylar malikasi, Shahzoda Mehmed Ziyoyiddinning qizi, Usmoniylar imperiyasi sultoni Mehmed V ning nabirasi.

Yoshligi

Lutfiya Sulton 1910-yil 20-aprelda Dolmabahçe saroyida tugʻilgan. Uning otasi Shahzoda Mehmed Ziyoyiddin, onasi esa Parizod Xonim boʻlgan. Lutfiya otasining oltinchi farzandi va beshinchi qizi, onasining esa ikkinchi farzandi edi. Uning oʻzidan 2 yosh katta Hayriya Sulton ismli tugʻishgan opasi bor edi. Lutfiya sulton Mehmed V va Kamures Kadınning nabirasi boʻlgan.

1915-yilda Lutfiya Sulton singlisi bilan birga taʼlim ola boshladi. Oʻqituvchisi ularga Qurʼonni oʻqishni oʻrgatgan Safiya Ünüvar edi. Ünuvarning soʻzlariga koʻra, u onasi va opasi kabi chiroyli, sargʻish sochli qiz boʻlgan. Keyinchalik, bobosining hukmronligi soʻnggi yillarida ota-onasi, opasi va oʻqituvchisi bilan birga otasining Haydarposhodagi villasiga joylashgan.

1924-yil mart oyida Usmoniylar sulolasi oila aʼzolari surgun qilingach, Lutfiya va uning oilasi avval Bayrutga, keyinroq esa Misrning Iskandariya shahriga joylashgan.

Nikohi

Lutfiya 1932-yil 3-iyunda Iskandariyada Hasan Kemal Bey ismli kishiga turmushga chiqdi. Ularning nikohidan bir yil oʻtib, 1933-yil 7-may kuni ilk farzandi, oʻgʻli, Sultonzoda Ahmad Rashid Bey tugʻildi. U 1958-yilda 25 yoshida vafot etgan. 1934-yil 7-may kuni ularning ikkinchi farzandi, yana bir oʻgʻli, Sultonzoda Rashod Bey tugʻildi. Er-xotinning uchinchi farzandi va yagona qizi Parizod Xonimsulton 1936-yil 11-yanvarda tugʻilgan. Keyinchalik oila Qohiraning Maadi tumanida istiqomat qila boshlagan.

Lutfiyaning eri Usmoniylar shahzodalari orasida imperiyaning kuyovlari qatoriga mansubligini bildiruvchi „Damat Kemal“ taxallusi bilan atalgan. Er-xotin Maadidagi 10-koʻchada katta va chiroyli villada yashar edi. Ularning villasida urush yillarida Mehrimoh Sulton va Shahzoda Noyif bin Abdullohning (Transiordaniya) tarixiy toʻyi boʻlib oʻtgan. Lutfiyani koʻpincha Maadi koʻchalari boʻylab Amerika ishlab chiqargan oxirgi rusumdagi kupe mashinasini haydab yurganini koʻrish mumkin edi.

1958-yilda Kemal vafot etgach, Lutfiya beva qolgan.

Vafoti Lutfiya Sulton 1997-yil 11-iyunda 87 yoshida Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida vafot etgan. Vafotidan keyin Istanbulning Eyüp tumanida joylashgan bobosi sulton Mehmed V ning maqbarasiga dafn qilingan.

Farzandlari

Ismi Tugʻilgan yili Vafot etgan yili Izohlar Hasan Kemal Beydan (nikoh 3-iyun 1932; vafoti 1958) Sultonzoda Ahmad Rashid Bey 1933-yil 7-may 1958 Uylanmagan va undan nasl qolmagan. Sultonzoda Rashod Bey 1934-yil 7-may 2014-yil yanvar Misrning Iskandariya shahrida tugʻilgan. Uylanmagan va undan nasl qolmagan. Parizod Xonimsulton 1936-yil 11-yanvar tirik Cömert Baykent ismli kishiga turmushga chiqqan va Cem Baykent ismli bir oʻgʻil farzandi bor. Cem Baykent (1961-yil 25-sentyabrda Istanbulda tugʻilgan) Nilgün Berna ismli ayol bilan turmush qurgan va Alara Yasemin Beykent (1995-yil 12-fevral Istanbulda tugʻilgan) ismli qiz farzand koʻrgan.

Nasabi

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:1910-yilda tugʻilganlar Turkum:1997-yilda vafot etganlar Turkum:20-asr Usmoniylar imperiyasi malikalari