Kamila Valeryevna Valieva (; 2006-yil 26-aprelda tugʻilgan) — rossiyalik figurali uchuvchi. 2021-yilgi Rostelecom kubogi gʻolibi, 2021-yilgi Skate Canada musobaqasi gʻolibi, 2020-yilgi yoshlar oʻrtasidagi jahon chempioni, 2019–2020-yilgi Yoshlar Gran-pri finali gʻolibi va 2021-yilgi Rossiya milliy chempionatining kumush medali sohibasi.

2022-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari davomida dekabr oyida Valieva topshirgan doping testi namunasi ijobiy natija koʻrsatgan va undan trimetazidin moddasi aniqlangan. 2024-yil 29-yanvarda Sport arbitraj sudi (CAS) Valievaning Rossiya antidoping agentligi (RUSADA) bilan bogʻliq doping ishini koʻrib chiqdi. Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) va Jahon antidoping agentligi (WADA) Valievaga 2021-yil 25-dekabrdan toʻrt yillik taqiq joriy qilgan va shu sanadan boshlab uning barcha natijalari bekor qilingan. Jumladan, 2022-yilgi konkida uchish boʻyicha Yevropa chempionati va 2022-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlari jamoaviy bahsida qayd etgan 1-oʻrin ham bekor qilingan.

Yuqoridagi diskvalifikatsiya va bekor qilingan natijalar inobatga olingan holda ham Valieva ayollar oʻrtasida qisqa dastur, erkin dastur va umumiy yigʻindi boʻyicha amaldagi jahon rekordchisi hisoblanadi. U faoliyati davomida yetti marta jahon rekordlarini oʻrnatgan. Sportchi bir mavsum doirasida umumiy yigʻindi boʻyicha 250, 260 va 270 ballik chegaralarni, erkin dasturda esa 170 va 180 ballik chegaralarni birinchi boʻlib yengib oʻtgan figurali uchuvchi hisoblanadi. Valieva mashgʻulotlardagi jufti va jamoadoshi Aleksandra Trusovadan keyin toʻrt aylanishli toe loop sakrashni amalga oshirgan ikkinchi ayol sportchi, istalgan turdagi toʻrt aylanishli sakrashni bajargan toʻrtinchi ayol sportchi, uch aylanishli akselni bajargan 16-chi ayol sportchi, Alisa Liu hamda mashgʻulotdagi sherigi, jamoadoshi Sofya Akatyevadan keyin bir dasturda uch aylanishli aksel va toʻrt aylanishli sakrashni bajargan uchinchi ayol sportchi sanaladi.

Shaxsiy hayoti Kamila Valieva 2006-yil 26-aprelda Rossiyaning Tatariston Respublikasi Qozon shahrida dunyoga kelgan. Millati - Volga tatari. Otasining ismi ruscha „Valeryevna“ boʻlsa-da, qarindoshlarining aytishicha, uning biologik otasi hozirda Qrimda yashovchi Ravil ismli harbiy kishidir.

Valievaning Lyova ismli pomeran iti bor. Bu it unga 2019-yilda muxlislari tomonidan sovgʻa qilingan.

Valievaning onasi uni yoshligidan badiiy gimnastika, balet va figurali uchish toʻgaraklariga yozdirgan. Besh yoshga kirganidan keyin asosiy eʼtiborini faqatgina figurali uchishga qaratgan. Uning aytishicha, sportchi Natan Chenning texnikasi va sport mahoratini qoyil qolib tomosha qiladi.

2022-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlari paytida Valievaning boʻyi boʻlgan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:2006-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Tatar millatiga mansub ayol sportchilar Turkum:2022-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida figurali uchuvchilar