Ahmad Inaltegin () (shuningdek, Yinaltigin) turkiy qoʻmondon, dastlab Gʻaznaviy hukmdorlarga xizmat qilgan, biroq keyinchalik ularga qarshi qoʻzgʻolon koʻtargan. Ahmad sulton Mahmud Gʻaznaviyning, keyin esa uning oʻgʻli Masʼud Gʻaznaviyning xazinachisi boʻlgan. Sulton Mas’ud uni 1033-yilda Panjob hokimi etib tayinlagan. Ahmad Inaltegin kichik qoʻshin bilan Varanasiga yurish uyushtirgan, soʻngra Panjobga qaytgan.

Faoliyatining dastlabki davrida Ahmad Gʻaznaviy hukmdor Mahmudning xazinachisi lavozimida xizmat qilgan va u bilan yaxshi munosabatda boʻlgan. 1030-yilda Mahmud vafot etgach, oʻrniga oʻgʻli Muhammad Gʻaznaviy taxtga oʻtirgan. Biroq koʻp oʻtmay, Muhammad oʻzidan qobiliyatliroq ukasi Masʼud Gʻaznaviy tomonidan taxtdan tushirilgan. Mas’ud otasining xizmatkorlarini yoqtirmagani sababli Ahmadni toʻplagan boyliklarini topshirishga majbur qilgan.

Ahmad harbiy tajribaga ega boʻlmasa-da, 1031-yilda Hindistondagi qoʻshin bosh qoʻmondoni etib tayinlandi va Lahorga joylashtirildi. Uning asosiy vazifasi Hindiston hukmdorlaridan xiroj yigʻish edi. Biroq faoliyati davomida koʻrgan yomon munosabatlar uchun qasos olish maqsadida Markaziy Osiyodan turkiy yollanma askarlarni jalb eta boshladi. 1033-yilda Varanasiga yurish qildi, ammo koʻp oʻtmay, Mas’udga qarshi qoʻzgʻolon koʻtardi „Ahmad Inaltigin, who had unsuccessfully rebelled there against the sultan in 424/1033“. Mas’ud tez orada unga qarshi qoʻshin yubordi. Biroq Ahmad bu qoʻshinni qiyinchiliksiz magʻlub etib, hatto raqibning qoʻmondonini ham oʻldirdi. Shundan soʻng Mas’ud islomni qabul qilgan hind siyosatchisi Tilak boshchiligida yana bir qoʻshin yubordi. Tilak qoʻshini Ahmad Inalteginni tor-mor qildi. Ahmad Tilakdan qochish maqsaduda Hind daryosidan oʻtishga uringan paytda choʻkib ketdi.

Yana boshqa manbaga koʻra, 1034-yilda hokim Ahmad Yinaltegin Varanasiga dadil hujum uyushtirgan. Biroq darhol oʻlja bilan Panjobga qaytgan. Yinaltigin oʻljaning bir qismini Masʼud Gʻaznaviyga yubormagan, sulton esa buni isyonkorlik harakati deb baholagan. Sulton Mas’ud Gʻaznaviy oʻzining hind qoʻmondonlaridan biri Tilak Rayga Yinalteginni qoʻlga olishni buyurgan. Tilak Ray, asosan, hind yollanma askarlaridan iborat katta qoʻshin bilan Ahmadni quvib borgan. Ahmad Yinaltegin oʻldirilgan va uning boshi Gʻaznaga olib borilganInvasions from Ghazni.

Yana qarang Mahmud Gʻaznaviy Muiniddin Chishtiy Ashraf Jahongir Semnaniy Gʻoziy Sayyod Salar Masud

Manbalar

Adabiyotlar

Havolalar The Marriage of Lat Bhairava and Ghazi Miyan Mirati Mas’udi by ‘Abdur Rahman Chishti Ghaznavid Dynasty, 962–1186 CE

Turkum:1033-yilda vafot etganlar Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:11-asr harbiylari Turkum:Gʻaznaviylar sarkardalari