Reema Omer (; 1986-yil 3-iyunda tugʻilgan) — pokistonlik yurist, inson huquqlari boʻyicha mutaxassis, yangiliklar tahlilchisi. Hozirda Yuristlar xalqaro komissiyasida yuridik maslahatchi sifatida faoliyat yuritadi. Muntazam ravishda yuridik muhit va Pokistondagi inson huquqlari muammolari yuzasidan oʻz fikrlarini yozib boradi hamda turli telekanallarning dolzarb mavzular haqidagi dasturlarida huquqiy va siyosiy tahlillarini taqdim etadi.

Yoshligi Reema oilada ikki farzandning biri boʻlib, Panjob viloyati Lohur shahrida tugʻilib oʻsgan. Dastlab Lohur Grammatika maktabida tahsil olgan. U 2009-yilda Lohur Menejment Fanlari Universitetida gumanitar fanlar boʻyicha bakalavr darajasini olgan va eng yaxshi talaba sifatida oltin medal bilan taqdirlangan. Keyinchalik 2010-yilda Buyuk Britaniyadagi Kembrij universitetida Ommaviy xalqaro huquq yoʻnalishi boʻyicha magistr darajasini egallagan. Reema doktor Ali Jan bilan turmush qurgan va ularning bir qizi bor.

Faoliyati 2011-yilda Reema Yuristlar xalqaro komissiyasi tarkibiga Janubiy Osiyo boʻyicha maslahatchi sifatida qoʻshilgan. 2013-yildan boshlab Pokiston uchun yuridik maslahatchi lavozimida xizmat qilib keladi.

Reema Pokiston Oliy sudi hamda Oliy sud tomonidan konstitutsiyaviy va inson huquqlari boʻyicha muhim ishlar yuzasidan sud maslahatchisi etib tayinlangan.

U turli telekanallarning dolzarb mavzular haqidagi koʻrsatuvlarida muntazam ravishda huquqiy va siyosiy tahlilchi sifatida qatnashadi. Shuningdek, tez-tez inson huquqlariga oid mavzularda, jumladan, qonun ustuvorligi, soʻz erkinligi, ijtimoiy adolat, adolatga erishish imkoniyati, yuridik sohada gender tafovuti, Pokistonning xalqaro majburiyatlari hamda milliy inson huquqlari institutlari va boshqalar haqida bir qator internet va bosma gazeta-jurnallarga maqolalar taqdim etib keladi.

Report Card Reema Omer Geo News’ning „Report Card“ nomli dolzarb mavzular yoritiladigan tok-shousida tahlilchi sifatida muntazam chiqish qiladi. U yerda Suhail Warraich, Mazhar Abbos, Hassan Nisor, Benazir Shoh, Shahzad Iqbol, Muneeb Farooq, Ather Kazmi va Irshad Hameed kabi yetakchi tahlilchilar bilan birga ishtirok etadi. U tok-shouda Pokistondagi huquqiy masalalar hamda siyosiy vaziyat yuzasidan oʻz fikri va tahlilini bayon qiladi.

Aurat Card Reema Omer ayol jurnalistlar, jumladan, Benazir Shoh, Mehmal Sarfaraz va Natasha bilan birga ayollarga oʻz muammolarini erkin soʻzlash va oʻz qarashlarini ulashish uchun maydon yaratish maqsadida „Aurat Card“ nomli YouTube shousini tashkil etgan. Ular siyosat, huquq, sport yoki koʻngilochar sohalar bilan bogʻliq oʻzlarining tajriba va qiziqishlari doirasidagi turli mavzu hamda masalalarni muhokama qiladilar. Shuningdek, dolzarb voqealarni tahlil qilishadi, filmlar va seriallarni koʻrib chiqishadi va turli isteʼmol mahsulotlarini sharhlashadi.

Manbalar

Turkum:1986-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Pokistonlik inson huquqlari faollari Turkum:Pokistonlik feministlar Turkum:Pokistonda feminizm Turkum:Pokistonda ayollar huquqlari Turkum:Pokistonlik ayollar huquqlari faollari Turkum:Pokistonlik fuqarolik huquqlari faollari Turkum:Pokistonlik ayol yuristlar Turkum:Pokistonlik jurnalistlar